Matbuot sharhlari 18.04.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1185789
Matbuot sharhlari 18.04.2019

 

                      

Sabah gazetasi "Turkiyaning NATO alyansidagi mavqesi tortishuvlarga sabab bo'lmaydi" sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya hukumatining Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilish to’g’risidagi qarori hech bir davlatga qarshi yomon niyati borligini ko'rsatmaydi.

Prezidentning matbuot kotibi İbrahim Kalin: "S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilish to’g’risidagi qaror Turkiyaning shaxsiy erkin qarori bo’lib hisoblanadi. Bu majmuani sotib olishning ortida AQShga yoki boshqa biron davlatga nisbatan yomon niyat yo'q" deb aytdi.

Kotib Kalin: "S-400 va F-35 loyihalari bo'yicha Turkiyaning NATO alyasidagi o’rnini va mavqesini tekshira boshlaganlarning fikrlarini aslo qabul etmaymiz",- deya ta'kidladi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'li Eronni qo'llab quvvatladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’li, kecha Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan uchrashdi.

Mevlut Chavushog’li "AQShning Eronga nisbatan amalga oshirgan iqtisodiy cheklov va sanksiyalari katta xato ekanligini har doim aytib kelmoqdamiz",-dedi.

Eron tashqi ishlar vaziri Zarif esa, "Suriyada prezident Asad bilan uchrashdim. Ushbu uchrashuv haqidagi mulohazalarimni Turkiya prezidenti hurmatli Erdo’g’anga taqdim etaman",- deb aytib o'tdi.

 

Haber Türk gazetasi: “Ege mintaqasidan Rossiyaga eksportning miqdori 111% foizga ko'tarildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiyaning Ege mintaqasidan Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan eksportning miqdori, joriy yilning birinchi choragida o'tgan yilgi ko'rsatgichlarga qaraganda 111% foiz ortdi. Boshqacha qilib aytganda, miqdor 37 million 818 ming dollardan 79 million 908 ming dollarga ko'tarildi. Ege mintaqasidan Rossiyaga eksport qilingan mahsulotlar orasida meva-sabzovot turlari birinchi o’rinda bo'lib, bu 15 million 409 ming dollarni tashkil etdi.

 

Hürriyet gazetasi: “TANAP quvuridan Yevropaga beriluvchi tabiiy gaz loyihasi o'z nihoyasiga yetay deb qoldi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Ozarbayjon Respublikasining Shahdeniz 2-konidan qazib olingan tabiiy gazni Yevropa bozoriga yetkazib beruvchi “TANAP” loyihasining ikkinchi bosqichi o'z nihoyasiga yetay deb qoldi. Shu yilning 15 aprelidan e'tiboran, tabiiy gaz quvuridan gaz berila boshladi.

 

Star gazetasi: “Turkiya respublikasi bilan Yevropa ittifoqi o'rtasidai iqtosodiy ko'rsatkich, rejadagidan ham yuqori bo'ldi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiyadan Yevropa Ittifoqiga amalga oshirilgan eksport miqdori, import ko'rsatkichidan 877,6 million evro yuqori natijani ko’rsatdi.

Evrostat statistikasiga ko'ra, Turkiya fevral oyida Yevropa ittifoqi davlatlariga 6 milliard 528 million evro miqdorida mahsulot eksport qilar ekan, importning ko'rsatkichi 5 milliard 650 million evroni tashkil etdi.

Turkiya bilan Yevropa ittifoqi ortasidagi iqtisodiy munosabatlarda yanvar-fevral oylarida jami 2 milliard 684 million evro miqdorida rejadagidan ham ko'proq ko'rsatkich qo'lga kiritildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar