Matbuot sharhlari 16.04.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1184289
Matbuot sharhlari 16.04.2019

                             

 

Star gazetasi: “AQShning S-400 haqidagi munosabati ittifoqdoshlik madaniyatiga hilof” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Rossiyadan xarid qilinadigan S-400 zenit raketa majmualari haqidagi xavotirlarni bartaraf etish uchun AQSh vakillari bilan uchrashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

“AQShning S-400 majmualari bilan bog’liq tahdidlari, ultimatumlari va muxlat berishlari ittifoqdoshlik madaniyatiga yarashmaydi”,-dedi Hulusi Akar.

 

Sabah gazetasi: “Berat Albayrak Tramp bilan uchrashdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya moliya vaziri Berat Albayrak Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi va Turkiya prezidenti Erdo’g’anning salomini yetkazdi.

Uchrashuv tafsiloti haqida ma’lumot bergan Berat Albayrak: “Uchrashuvimiz juda unumli va ijobiy ruhda bo’lib o’tdi. Turkiyaning ehtiyoji bo’lgan S-400 majmualari haqidagi fikrlarimizga quloq soldi va bizga haq berganligini sezdim”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya turizmda o’z maqsadi sari shaxdam qadam tashlamoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy 15-22 aprel kunlari nishonlangan turizm haftasi munosabati bilan tabrik yo’lladi.

“Turkiya barcha sohalarda bo’lgani kabi turizmda ham 2023 yilga qadar o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga shaxdam qadamlar bilan intilmoqda. Turizm uchun tashlangan har bir qadam Turkiyani xalqaro maydonda yetakchi o’ringa ko’taradi”,-dedi Turkiya madaniyat va turizm vaziri.

 

Yeni shafak gazetasi:“Xorijdagi inshoot loyihalarida ko’zlangan maqsad 50 mlrd dollar” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya pudratchilar uyushmasining “Qurilish sektori hisobotida” muhim ma’lumotlar o’rin oldi.

Hisobotga ko’ra, turk pudratchilar bu yil xorijdagi 10 minginchi inshoot loyihasini amalga oshirmoqda. Xorijdagi xizmatlar taxminan 20-30 mlrd dollargacha ko’tarildi. Maqsad 2023 yilda 35 mlrd, 2030 yilda esa, 50 mlrd dollarga yetkazish. Natijada, global bozordagi hissa 7 foizga chiqadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Matbuot sharhlari , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar