Matbuot sharhlari 07.03.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1158761
Matbuot sharhlari 07.03.2019

Star gazetasi: Prezident Erdo'g’an: S-400 masalasida biz kerakli faoliyatlarni amalga oshirdik. Ruslar bilan balki S-500 ni ham ishlab chiqaramiz” dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mamlakatning xususiy telekanallaridan birida Turkiyaning kun tartibini baholar ekan unda Turkiyaning Rossiyadan sotib olmoqchi bo’lgan S-400 zenit-raketa masalasiga to’xtaldi va bu borada “biz kerakli faoliyatlarni amalga oshirdik, aslo voz kechilmaydi. Ruslar bilan kelishib oldik, birgalikda ishlab chiqarish ishlarini ham boshlaymiz. Balkim S-400 dan keyin S-500 ni ham ishlab chiqaramiz” dedi.

Haber Turk gazetasi: Chavusho’g’li, “242 ta elchilik va boshkonsullik bilan 5-o’rindamiz”. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning 242 ta elchilik va boshkonsullik bilan dunyoda 5-o’rinda ekanligini qayd etdi. Kecha Turkiyaning Balikesir viloyatiga qarashli Bandirma tumanida joylashgan "On Yedi Eylul" nomidagi universitetda talabalarga xitob etgan Chavusho’g’li, mamlakatning tashqi siyosatini baholadi. Tashqi siyosatda adolatli va prinsipial munosabatda bo’linishi kerakligini, aks holda tadbirkorlikning o’z kuchini yo’qotishini belgilab o’tgan Tashqi ishlar vaziri, bugungi kunda global tizimning muammolarni hal qilishda muvaffaqiyatsiz ekanligini ta’kidladi.   

Yeni Shafak gazetasi: Vazirlikning qayd etishicha, PKK obyektlari vayron qilindi. Turk Qurolli kuchlari tomonidan Iroqning shimolidagi PKK terror tashkiloti obyektlariga qarshi havo hujumi uyushtirildi. Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan twitter orqali berilgan bayonotda, mavzu haqida ma’lumot berildi. Unda Metina, Zap, Avashin-Basyan va Hakurk mintaqalaridagi terror obyektlariga qarshi uyushtirilgan amaliyotda terror tashkilotiga oid boshpana va qurol-yaroq omborxonalarining yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.

Vatan gazetasi: Turkiya qutirish kasalligiga qarshi dori ishlab chiqarmoqchi. Turkiya qutirish kasalligiga qarshi ishlab chiqarmoqchi bo’lgan dori bu yilning oxirida tayyor bo’ladi. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank mamlakatning Eskishahar viloyatida, Turkiyaning eng nufuzli ishbilarmon ayollaridan iborat “40 nagar investor” tomonidan tashkil topgan ALBILA nomidagi Serum biologik mahsulotlar sanoati va tijorati omonim shirkati bilan tanishib chiqdi. Varank, 2019-yilning oxirida Turkiyaning qutirish kasalligiga qarshi birinchi dorisini ishlab chiqarajagini belgilab o’tgan holda, “Bu orqali Turkiya tomonidan chet eldan sotib olingan on million dollarlik importning oldi olinadi” dedi.

Hurriyet gazetasi: THY tomonidan Berlindan Adana va Gaziantepga to’g’ridan-to’g’ri qatnov yo’lga qo’yilmoqda. Turk havo yo’llari yetakchilari Germaniya poytaxti Berlindan Adanaga to’g’ridan-to’g’ri yo’lga qo’yilayotgan qatnovning shu yilning 2-apreli kuni, Gaziantep qatnovining esa 5-apreli kuni boshlashini ma’lum qildi. Yoz mavsumida bir haftada bir marotaba ikki tomonlama yo’lga qo’yiladigan qatnovlar orqali yo’lovchilar Berlindan Adanaga Turk havo yo’llari orqali uchish imkoniga ega bo’ladi. Berlindan Gaziantepka 5-aprelda boshlaydigan to’g’ridan-to’g’ri qatnovlar ham haftaning juma va shanba kunlari ikki tomonlama yo’lga qo’yiladi.  

 



Aloqador xabarlar