Matbuot sharhlari 15.02.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1145830
Matbuot sharhlari 15.02.2019

Sabah gazetasi. Terror koridorlariga aslo ruxsat bermaymiz. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Suriyaning hech qaysi hududida shu jumladan Idlibda ham yangi gumanitar inqirozga yo’l qo’ymasliklarini qayd etdi. Kecha Rossiyaning Sochi shahrida Turkiya-Rossiya-Eron liderlari o’rtasida navbatdagi sammit bo’lib o’tdi. Mazkur sammit ortidan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy matbuot anjumani uyushtirdi. Sammitda Amerika Qo’shma Shtatlarining Suriyadan chiqish qarorini baholaganliklarini ifoda etgan Prezident Erdo'g’an, “Hududdan chiqish masalasi YPG/ PKK va DEASh terror tashkilotining foydasiga emas, ularni yo’q qilish tushunchasi bilan qo’lga olinishi kerak. Xavfsiz hudud terror tashkilotlarining keng joylashishi uchun maydon yaratmasligi darkor. Terror koridoriga ruxsat bermaymiz” dedi.   

Vatan gazetasi: Akar muhim uchrashuvlar o’tkazdi. Mulliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar kecha Rossiyaning Sochi shahrida Rossiyaning Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Eron Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi Muhammad Bageriy bilan alohida-alohida uchrashdi. Suriya masalalari bo’yicha o’tkazilgan to’rtinchi sammit oldidan uyushtirilgan uchrashuvlarda, Suriyadagi oxirgi vaziyat yana bir bor qo’lga olindi.

Star gazetasi: Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Makedoniya xalqiga hamdardlik bildirdi. Turkiya Shimoliy Makedoniya poytaxti Skopye yaqinida yuz bergan yo'l-transport hodisasida jon berganlar uchun ta’ziya izhor etdi. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, “Kecha kechki payt Skopye yaqinida bir avtobusning ag’darilishi oqbibatida 13 kishining umriga, ko’pchilikning sog’ligiga zomin bo’lgan voqea haqidagi xabarni terang qayg’u bilan eshitdik. Voqeada jon berganlarning oilasiga va qardosh Makedoniya xalqiga ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz” deyildi.  

Haber Turk gazetasi: Joriy kamomad aniqlandi. Markaziy bank ma’lumotiga ko’ra 2018-yilning dekabr oyida joriy kamomad 1.44 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bunga ko’ra bir yillik joriy kamomad esa 27.6 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. 2017-yildagi joriy kamomad 47.4 milliard AQSh dollaridan iborat edi.

Hurriyet gazetasi: Turkish Cargo, muxabbat kuni bayrami munosabati bilan 4 ming tonna gul tashidi. Dunyoning eng jadal rivojlangan havo yo’li kargo markasi bilan dunyoning 124 davlatiga xizmat qilgan Turkish Cargo, muxabbat kuni munosabati bilan ortgan talab tufayli to’rt ming tonna gul tashidi. Turk Havo yo’llari Matbuot ximati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Turkish Cargo, Keniya poytaxti Nayrobi va Ekvator poytaxti Kitodan charter safar orqali dunyonnig bir chetigacha gul yetkazib berdi.



Aloqador xabarlar