Matbuot sharhlari 12.2.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1143368
Matbuot sharhlari 12.2.2019

Vatan gazetasi: Hulusiy Akar Sergey Shoygu bilan uchrashdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar kecha Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuv o’tkazdi. Mazkur uchrashuv chog’ida Sochida 14-fevral kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirokida o’tkaziladigan navbatdagi sammit oldidan Suriyadagi oxirgi vaziyat qo’lga olindi.

Sabah gazetasi: “Türk Kartali” “Eng ajoyib uchoq dizayni” degan mukofatga loyiq deb topildi. Bundan 10 yil muqaddam Yevropada “eng ajoyib dizayn” mukofatiga loyiq deb topilgan “German Design Awards” bu yil o’z o’rnini “Türk Kartalı ALPINA”ga boshatib berdi. ALPINAning ham quriqlikka, ham suvga qona olishi, tepadan qanotli bo’lib, energiyasidan tasarrufli foydalana olish imkonining borligi, dunyoga mashhur bo’lgan dizaynchilar tomonidan olqishga sazovor bo’ldi.  

Haber Turk gazetasi: Antarktida qoyalari Mars bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlarda manbaa sifatida foydalaniladi. Antarktidada ilmiy faoliyatlarini tamomlagan Istanbul Texnik universitetining Geologiya muhandisligi bo’yicha kichik ilmiy xodimi Yagmur Gunesh, Mars bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlarda namuna hudud hisoblangan qit’adagi ko’l va qoyalardan olingan materyallar orqali hissa qo’shadi. Qit’ada olib borgan tadqiqotlarining ahamiyatiga to’xtalgan Gunesh, “Mamlakatda kosmik tadqiqotlarga bo’lgan qiziqish jadal tus olar ekan, bunga o’xshash faoliyatlarning qo’llab-quvvatlanishi bu sohada o’z o’rnini ola boshlagan yurtimiz uchun muhimdir” dedi.

Hurriyet gazetasi: Bayburtda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, dunyoning 4 ta qit’asiga eksport qilinmoqda. Turkiyaning Bayburt shahridagi bitta fabrika, Bayburt bosh bo’lish bilan birga mamlakatning bir necha viloyatidan chiqarilgan tabiiy toshlar ustida ish olib borib uni Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrika qit’asidagi 16 ta davlatga sotdi va qisqa vaqt ichida katta muvaffaqiyatga erishdi Fabrika direktori Nurullah Shenturkning qayd etishicha Bayburt tabiiy tosh zaxiralari jihatidan judayam boy yer osti manbaalariga ega. Shunday ekan ular bu yil bu boradagi eksport raqamlarini 500 ming AQSh dollariga chiqarmoqchi.

Yeni Shafak gazetasi: Istanbulning suv osti boyliklari butun duynoga tanitiladi. Istanbulning suv osti boyliklari, “Jemal Reshit Bey” nomidagi konsert zalida uyushtiriladigan maxsus taqdimot orqali bugun oqshom tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi. Istanbul shahar hokimiyatiga qarashli Turizm bo’limi 52 kunda, 33 boshqa nuqtada, 100dan ortiq suv ostida suratga olgan “Ikkita dengiz, bir shahar: suv ostidagi Istanbul” deb nomlangan hujjatli film orqali Istanbulning suv osti boyliklarini butun dunyoga tanitadi. Mazkur hujjatli film orqali Istanbulning suv osti turizmi va suv osti jonivorlari dunyoga tanitilib, ularning himoya qilinishi uchun xalq ogohlantirladi.



Aloqador xabarlar