Matbuot sharhlari 06.02.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1139565
Matbuot sharhlari 06.02.2019

Yeni Shafak gazetasi: Erdo'g’anning Suriya haqidagi bayonoti: “O’z ishimizni o’zimiz hal qilamiz”. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi yig’ilishida so’zlagan nutqida, Suriyadagi oxirgi vaziyatga to’xtaldi va bu borada, “Agar Amerika Qo’shma Shtatlari bergan va’dalarini bajarmay, bir necha kun ichida terroristlarni hududdan (Manbijdan) chiqarmagudek bo’lsa unda natijasi nima bo’lishidan qat’iy nazar kerakli faoliyatlarni amalga oshiramiz. Turkiya, o’z ishini o’zi hal qiladi” dedi.

Star gazetasi:Moratinos: “Turkiya bo’lmaganida edi Madaniyatlar ittifoqi tarqab ketardi”. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Madaniyatlar ittifoqi Oliy vakili Miguel Moratinos, “Turkiya bo’lmaganida edi Madaniyatlar ittifoqi tarqab ketardi. Turkiya ittifoqning faoliyatlarini davom ettirishi uchun ishonch bilan bog’langan doimiy a’zodir” dedi.  

Haber Turk gazetasi: Turkiyaning eng tinch shahri hisoblangan Erzurumning, muzli shalolalari bilan Alplardan farqi yo’q. Qish turizmi markazi Erzurumning eng tinch shahri deb e’lon qilingan Uzundere shalolalarining muzlab qolishi tufayli muz bo’lakchalari 300 metrga ko’tarildi. Mazkur muz bo’lakchalarining, muzda tirmanish uchun dunyoda alternativ manzil qidirgan alpinistlarga betakror yo’l va imkon taqdim etgan holda, bu tarmoqda alohida o’ringa ega bo’lgan Alplardan farqi yo’q.

Vatan gazetasi: “Istanbul bilan tanishadi”. Rus top-model Kate Grigorieva, bugun Istanbulda o’tkaziladigan “Linexpo” yarmarkasida ishtirok etganidan keyin Moskvaga qaytmaydi. U besh kun davomida Istanbulda turistik markazlarni aylanib, bozor qiladi va Turk tamolarini tatib ko’radi.   

Sabah gazetasi: Turizm tarmog’i “o’lik mavsumda ham rekord o’rnatdi”. Turizm tarmog’i 2018-yili Antaliyada samarali bir davrni boshdan kechirdi. Shunga qaramay 2019-yilning yanvar oyida o’tgan yilning shu oyiga nisbatan sayyohlar sonida 53.8 foizlik ortish (142 ming 297 nafar) kuzatilib, bu borada rekord o’rnatdi. “O’lik mavsum” deb atalgan yanvar oyidagi rekord o’rnatishlik (sayyohlar sonining ortishida), turizmning 12 oyga yoyilish rejasi jihatidan ham katta umid baxsh etdi.   

 



Aloqador xabarlar