Matbuot sharhlari 05.02.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1138863
Matbuot sharhlari 05.02.2019

 

 

Vatan gazetasi: “Suriyalik Fida: Turklarni ko’rganimda bu dunyo hamon yaxshi ekanligini his qilaman” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Suriyada Beshar Asad rejimiga xizmat qilgan askarlarning hujumida oyog’idan, otasidan va ukalaridan ajralib qolgan Fida Hasan turk tashkilotlarining yordami bilan protez oyoqlarga erishdi. U hozirda Turkiya-Suriya chegarasidagi qochqin lagerlarida ko’ngilli ravishda o’qituvchilik qilmoqda.

2 fevral kuni TRT-Hujjatli fil’m telekanalida Fida Hasanning hikoyasi namoyish qilindi.

“Turk xalqi juda ko’ngli ochiq, yuzi kulib turadi. Ko’chada meni ko’rgan insonlar darhol yordam berardilar. Chunki, men nogironman. Turklarni ko’rganimda bu dunyo hali ham yaxshi ekanligini his qilardim. Men hayotimning oxirigacha ulardan minnatdor bo’lib qolaman”,-dedi suriyalik Fida Hasan.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya dunyoda mudofaa sanoati bo’yicha dastlabki 10 mamlakat orasida” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, prezidentlik mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari o’rinbosari Sardor Demirel: “Turkiya mudofaa sanoatining o’tmishdagi 15 yiliga nazar tashlaganimizda bosqichma-bosqich yuqoriga tomon o’sganligini guvohi bo’lamiz. Bu shaklda dunyo bo’yicha mudofa sanoati rivojlangan 10 ta davlat qatoridan joy oldik”,-dedi.

“Turkiya o’z milliy tankini hech bir davlatdan yordam kutmagan holda bir o’zi ishlab chiqardi. “F-35” qiruvchi samolyot loyihasiga esa katta hissa qo’shdi. Milliy harbiy mashg’ulot samolyotlarimizni ishlab chiqardik. “Go’kbey” nomli vertolyotimiz esa hozirda tajriba uchishlarini amalga oshirmoqda”,-deya ma’lum qiladi mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari o’rinbosari Sardor Demirel.

 

Star gazetasi: “Dunyoning eng mashhur banklari ro’yxatida Turkiya banki ham bor” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Ziroat banki 2017 va 2018 yillarda o’z qiymatini oshirgan turk banki sifatida “Brand Finance”ning bank tizimi-500 ro’yxatidan joy oldi.

Hazina va moliya vaziri Barat Albayrak tvitterdagi sahifasida Ziroat bankini bu muvaffaqiyati bilan tabrikladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turk havo yo’llari reklama fil’mi tomoshabinlar e’tiborida” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turk havo yo’llarining “Sayohat” nomli 30 daqiqalik qisqa metrajli fil’mi dunyoda mashhur bo’lgan sport faoliyatlaridan biri Amerika futbolining finali Super Bowlda namoyish qilindi. Ushbu reklamani ingliz rejissyor va prodyuser Ridley Scott tasviga tushirgan.

 

Hurriyat gazetasi: “Gaziantepda sayyohlar uchun chizilgan yangi yo’nalishga qiziqish ortmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, bugungacha muzeylari va o’ziga xos oshxonasi bilan mahalliy va xorijlik sayyohlarning e’tiborini o’ziga jalb qilgan Gaziantep Tunch davridan qolgan mozor qoldiqlarini sayyohlar e’tiboriga havola qildi.

Yavuzeli-Araban magistrali ustida joylashgan yuzlab yillik tarixiy mozorlar bugungi kunda restavratsiya qilindi.  So’ngra, atrofi obodonlashtirildi. Endilikda ushbu tarixiy yodgorliklar sayyohlar uchun tomosha qilinadigan muqaddas qadamjoylarga aylantirildi.

Bu mozorlar meloddan avvalgi 3000- yoki 1200- yillarga oid ekanligi taxmin qilinmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot sharhlari , #gazeta

Aloqador xabarlar