Matbuot sharhlari 01.02.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1136910
Matbuot sharhlari 01.02.2019

Sabah gazetasi: Chavusho’g’li: “Adana kelishuvining bizga foydasi bor”. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Adana kelishuvining tafsilotlarini tushuntirib berdi. Chavusho’g’li bu haqida, “Kelishuvning ilovasida bildirish qog’ozi bor. Oxirida esa kelishib olingan tarmoqlarda qadam tashlanmagudek bo’lsa unda Turkiya Suriya ichida kerakli harakatni amalga oshirish huquqini himoya qiladi yoki amalga oshirishi qayd etilgan. Yaxshi yo’lga qo’yilgudek bo’lsa unda uning bizga foydasi bor” dedi.

Haber Turk gazetasi: Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik missiyasining Kipr haqidagi qaroriga e’tiroz bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 30-yanvar kuni qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik missiyasining Kiprdagi vazifa direktivasi haqida bayonot berildi. Mazkur bayonotda, “Qaror Kipr muammosining hal qilinishiga hissa qo’shmayapti. BMTning tinchlik missiyasining vazifa muddatining uzatilishi masalasida ShKTR rasmiylarining rozichiligining olinmaganligi katta kamchilik hisoblanadi. Ikkita mintaqali, ikki boshqa lekin siyosiy tenglikka tayangan federal yechimni nazarda tutgan holda, barcha alternativlar o’rtaga tashlanishi kerak” degan ifodalarga o’rin berildi.

Yeni Shafak gazetasi: Eksportta ortish kuzatildi. Turkiyaning eksporti 2018-yilning dekabr oyida o’sishni davom ettirdi. Turkiya Statistika qo’mitasi bilan Savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilgan 2018-yil haqidagi, vaqtinchalik tashqi siyosat ma'lumotlari ma’lum qilindi. Mazkur ma’lumotga ko’ra Turkiya eksporti 2018-yili 2017-yilga qaraganda 7 foizga ortgan holda, 168 milliard 23 million dollarga yetgan. Turkiyaning Yevropa ittifoqiga bo’lgan eksporti dekabr oyida ortdi. Eng ko’p eksport yo’lga qo’yilgan davlat esa Germaniya bo’ldi.

Hurriyet gazetasi: Rossiyaga 30 million dollarlik pomidor eksport qilindi. Turkiyadan Rossiyaga 2018-yili 37 ming 107 tonna pomidor eksport qilindi. Buning natijasida mamlakat 30 million 634 ming dollar daromad qo’lga kiritdi. Rossiyaga 2017-yili 2 million 197 ming 208 dollarlik, 2 ming 75 tonna pomidor eksport qilingandi.

Vatan gazetasi: Turkiya Statistika qo’mitasidan mamlakatga xush xabar. O’tgan 2018-yili Turkiyaga chet elda umr surgan Turk fuqarolari bilan birga jami 46 million 112 ming 592 nafar sayyoh keldi. Madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotlariga ko’ra ularning eng ko’pi Rossiya, Germaniya va Bolgariyadan tashrif buyurgan bo’lib tarmoq bu orqali 29 milliard 512 million 926 AQSh dollar daromad qo’lga kiritgan.



Aloqador xabarlar