Matbuot sharhlari 28.11.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1096540
Matbuot sharhlari 28.11.2018

 

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’an: “Imkon bermaymiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Ak partiya guruhi majlisida ma’ruza qildi.

“Na Sharqiy O’rta yer dengizida, na boshqa mintaqalarda o’z nazariyalaridan aslo voz kechmaymiz”,-deya ta’kidlaydi prezident Erdo’g’an.

“Ba’zi Yevropa davlatlarini o’ziga panoh qilib olgan Yunoniston va u bilan yonma-yon harakat qilgan Kipr Rum qismining beparvoligi avvalo o’ziga tahlika yaratmoqda. Ohirgi paytlarda gidrokarbon qidiruv faoliyatlari sababli mintaqadagi muammolar yana ham kattaroq manfaat to’qnashuvlariga aylana boshladi”,-dedi Erdo’g’an.

Hurriyat gazetasi: “Chavsuhog’lidan Fransiyaga tanqid” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li demokratiya deya hayqirgan Yevropa Fransiyadagi namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilganligini ko’rmaslikka olganligini ma’lum qildi.

Mavlud Chavushog’li kecha Slovakiya tashqi ishlar va Yevropa ishlaridan mas’ul vazir Miroslav Lajjak bilan qo’shma matbuot brifingi o’tkazdi.

Chavushog’li brifingda Parijda benzin narhlarining keskin oshib ketishiga qarshi o’tkazilgan namoyishlarga munosabatini bildirdi.

“Turkiyada bunday voqea bo’lgan paytlarda tanbeh berishga uringan davlatlar o’z mamlakatlarida bunday voqea bo’lgan taqdirda qo’pol kuch ishlatadi. Bu to’g’ri emas. Adolatsizlikdir”,-deydi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Sabah gazetasi: “Turkiya mudofaa sanoati mahsulotlariga Pokistondan talab katta” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Pokistonda o’tkazilgan xalqaro mudofaa yarmarkasida Turkiya mudofaa sanoati mahsulotlariga katta qiziqish ko’rsatilgan.

Karachi shahrida o’tkazilgan yarmarkada Turkiyadan jami 25ta firma ishtirok etgan.

Xabar turk gazetasi: “Hatayda Rim davriga oid mozorlar topilmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, minglab yillik tarixiy o’tmishga va ko’plab madaniyatlarga mezbonlik qilgan Hatay viloyatining Altino’zu tumanida yarmi yer ustida bo’lgan Rim davriga oid qoldiqlar ustida qazilma faoliyatlari boshlandi.

Tuman hokimi Bulent Uyg’ur ma’lum qilishicha, tumanda sayyohlik salohiyati juda katta. Tarixiy Rim mozorlari, zaytun muzeyi, oynadan tomosha qilish joylari, cherkovlar va jome’lari bilan diqqat qaratgan Altino’zu tumani endilikda qoya mozorlari bilan ham sayyohlarni o’ziga jalb qilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #matbuot , #xabar

Aloqador xabarlar