Matbuot sharhlari 21.11.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1092178
Matbuot sharhlari 21.11.2018

 

Xabar turk gazetasi, “Qandil va Metinada terrorizmga og’ir zarba” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, kecha 20 noyabr kuni Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolida joylashgan Qandil va Metina hududlaridagi terror ob’yektlariga og’ir zarba berildi. 5 terror yo’q qilindi.

Turkiya qurolli kuchlari bayonotiga ko’ra, aviazarbalarda terror tashkilotiga oid qurol-aslaha va o’q-dori omborlari portlatildi.

Yeni shafak gazetasi, “Hulusi Akar Sergey Shoygu bilan uchrashdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, kuni kecha Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar va milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan Rossiyaga safar qildi.

Hulusi Akar va Hakan Fidan boshchiligidagi delegatsiya poytaxt Moskvada Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va boshqa vakillar bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda mintaqaviy masalalar bilan bir qatorda, Sochida imzolangan kelishuvdan so’ng, Suriyada to’qnashuvlardan holi zona deb e’lon qilingan Idlibdagi vaziyat muhokama qilindi.

Sergey Shoygu: “Suriyadagi mavjud vaziyat ikki mamlakatning ham tezkor harakat qilishini taqazo qiladi”,-dedi.

Sabah gazetasi: “Vazir Berat Albayrak 22-Xalqaro biznes forumida muhim bayonot berdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya hazina va moliya vaziri Berat Albayrak 22-Xalqaro biznes forumida ma’ruza qildi.

“Avgust va sentyabr oyida yaxshi natijalar olindi. Endi, oktyabr oyida raqamlar rekord darajaga ko’tarilishi mumkin”,-deya ta’kidlagan Albayrak Turkiyaning eng ishonchli davlat ekanligini tilga oldi.

Star gazetasi, “Mahalliy dronlarga xorijdan buyurtmalar kela boshladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyada turk muhandislari loyihalashtirgan va Turkiya qurolli kuchlari tomonidan ishlab chiqarilgan dronlarga xorij mamlakatlardan buyurtmalar kela boshladi.

Milliy harbiy texnologiyalar mudofaa tizimlari shirkati boshqaruv kengashi rahbari Veli Erchelik 2019 yildan e’tiboran Ukraina, Venezuela va Albaniyaga dron eksport qilina boshlashini ma’lum qildi.


 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot sharhlari , #xabar , #gazeta

Aloqador xabarlar