Matbuot sharhlari 25.10.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1075338
Matbuot sharhlari 25.10.2018

Star gazetasi: Turkiya Egey va O’rta yer dengizining sharqida o’z huquqini himoya qiladi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Gretsiya tomonidan Egey dengizi masalasida Turkiyaning huquqi va manfaatlariga javob bermaydigan qaror olingudek bo’lsa unda bunga qarshi kerakli chora va tadbirlarni ko’rajaklarini qayd etdi. O’rta yer dengizining sharqida Gretsiyaning Turk tadqiqot kemasiga bo’lgan ig’vogar munosabatiga to’xtalgan Hulusiy Akar, “Urush kemalarimiz mintaqada kerakli vazifasini amalga oshirmoqda. Gretsiyaning bunday munosabatiga bundan buyon aslo ruxsat bermaymiz” dedi.

Sabah gazetasi: Boeing yangi modeldagi uchoqlari uchun Turkiyaning sotib olish hajmini orttirmoqchi.  Dunyoning eng yirik uchoq va vertolyot ishlab chiqaruvchi Boeing firmasi yangi modeldagi savdo uchoqlariga tegishli ba’zi bo’lakchalarning Turkiyada ishlab chiqarilganligini belgilab o’tgan holda Turkiyadagi 160 million dollarlik sotib olish hajmini orttirish masalasida qarorli ekanliklarini ma’lum qildi. Turkiya bilan mudofaa tarmog’ida ba’zi yirik loyihalar yo’lga qo’yayotganliklarini eslatgan firma, Turk sanoati bilan sheriklik imkonlaridan foydalanishni davom ettirajaklarini ifoda etdi.

Vatan gazetasi: Turizmda oldindan joy ajratgan sayyohlar sonining 5 milliondan ortishi kutilmoqda. Turkiya mehmonxonalar federatsiyasi ijroiya qo’mitasi rahbari O’sman Ayik turizmda 2019-yil uchun oldindan joy ajratish masalasining shu yilning oktabr oyidan e’tiboran boshlaganligini eslatib o’tgan holda, kelasi yil uchun 5 milliondan ortiq sayyohning oldindan joy ajratishini kutayotganliklarini qayd etdi. Shuningdek Turkiyaning kuchli turizm yurti ekanligini ta’kidlagan Ayik, 2018-yili faqatgina mehmonxonachilar uchun emas butun dunyo uchun samarali turizm yili bo’lganligini ifoda etdi.  

Yeni Shafak gazetasi: Xitoylik oshpaz Bursaning anjiriga lol qoldi. Tarixiy va turistik shaharlarga sayohat qilib yurib Istanbulga tashrif buyurgan xitoylik mashhur ochpaz Nicholas Tse Beshiktoshdagi bir bozorda yeb ko’rgan dunyoning eng lazzatli Bursa anjiriga lol qoldi. Bunchalik katta va lazzatli anjirni yeb ko’rmaganligini qayd etgan xitoylik ochpaz Xitoyda bu anjirga bo’lgan talabning judayam ko’p bo’lishini ifoda etdi.   

Haber Turk gazetasi: Turkiyaning “Ahlat Ağacı” filmi Oscar mukofatiga nomzod etib ko’rsatildi. Kelasi yili o’tkaziladigan navbatdagi Akademiya mukofatlarida ishtirok etish uchun chet tilidagi eng yaxshi film kategoriyasiga 87 ta film murojaat qildi. Amerika Qo’shma Shtatlarida 2019-yilning 30-yanvarida namoyish etiladigan “Ahlat Ağacı” filmi ham shular qatorida o’rin olgan. Nuri Bilge Jeylan rejissyorligida tasvirga olingan film, bosh qahramon Sinanning atrofini qurshab olgan muhim qarorlarini amalga oshirishi haqidadir.

 



Aloqador xabarlar