Matbuot sharhlari 26.07.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1020063
Matbuot sharhlari 26.07.2018

                           

Yeni shafak gazetasi, “Eronga berilgan sanksiyaga Erdo’g’andan javob” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Islom hamkorlik tashkilotining o’tkinchi raisi sifatida 10-BRICS sammitida ishtirok etish uchun Janubiy Afrikaga jo’nab ketdi.

Erdo’g’an safari oldidan aeroportda matbuotga intervyu berdi.

AQShning Eronga nisbatan munosabatiga fikr bildirgan Erdo’g’an “Eron qo’shnimiz, hamda strategik hamkorimizdir”,-dedi.

Star gazetasi, “Buyuk investorlarning suhbatdoshi bizmiz” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Turkiya o’z oldiga qo’ygan maqsadi sari shaxdam qadam tashlamoqda. Maxsus ofislar tashkil qilyabmiz. Katta investorlarning suhbatdoshi bundan buyon to’g’ridan prezidentlik bo’ladi”,-dedi.

Vatan gazetasi, “Savdo urushilari Turkiya iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, xalqaro kredit reytingi tashkiloti AQSh va Xitoy o’rtasidagi savdo urushlari davom etgan taqdirda, Turkiya iqtisodiyoti 2019 yilda 0.1 bal, 2020 yilda esa, 0.2 bal darajada rivojlanishini ma’lum qildi.

Star gazetasi, “TUPRASh Londonda savdo ofisini ochmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya neft qayta ishlab chiqarish zavodlari anonim shirkati eksport va import faoliyatlariga ko’maklashish, ta’minlash va sotish faoliyatidan qo’shimcha foyda qo’lga kiritish maqsadida Buyuk Britaniya poytaxti Londonda ofis ochadi.

Vatan gazetasi, “Turizm sohasida 1 mlndan ziyod kishi ish bilan ta’minlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, turizm sektorida 2018 yildagi ish bilan ta’minlash darajasi 1 mlndan oshdi.

Aholini ish bilan ta’minlash bo’yicha bu yil 2017 yilga nisbatan 17.5 % nisbatida ortish kuzatildi. 2017 yilda ishga olinganlar soni 1 mln 83 ming 695 kishiga ko’paydi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #matbuot , #xabar

Aloqador xabarlar