Matbuot sharhlari 20.06.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

995871
Matbuot sharhlari 20.06.2018

                          

Hurriyat gazetasi: “Binali Yildirimdan AQShning F-35 qaroriga e’tiroz” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQShning Turkiyaga qurol sotishni to’xtatish qarori strategik hamkorlik qoidalariga hilof ekanligini ta’kidladi.

“Bu qaror noo’rindi. Turkiya chorasiz emas. Bu tashabbuslar strategik hamkorlik ruhiga hilofdir”,-dedi Binali Yildirim.

Star gazetasi: “Erondan Turkiyaga dalda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Eron majlisi milliy xavfsizlik va tashqi siyosat komissiyasi a’zosi Muhammad Jevad Jamoliy Nubendegani terror tashkiloti PKKga qarshi kurashda Turkiyani qo’llab quvvatlashini tilga oldi.

Sabah gazetasi: “Trabzon turizmi jonlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, joriy yilda Turkiyaning jannatmakon Trabzon shahriga ko’rfaz davlatlaridan kelgan sayyohlar soni 100 mingdan oshdi. Iyun oyida Trabzondagi mehmonxonalarning 80%i sayyohlarga to’ldi.

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyaning dastlabki metro eksporti” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyadan birinchi bor Tailandga metro vositasi eksport qilindi.

4 vagondan iborat bo’lgan 22 ta metro vagonini ishlab chiqargan Bozankaya kompaniyasi Tailandlik vakillarga metro vositasini tantanali marosim bilan topshirdi.

Vatan gazetasi: “Van-Tebriz poyezd safarlari boshlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Van shahrida xavfsizlik sababli to’xtatilgan Van-Tebriz yo’lovchi poyezdi safarlari 3 yil oradan so’ng takror yo’lga qo’yildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #xabar

Aloqador xabarlar