Matbuot Sharhlari 07.03.2018

Bugungi turk matbuotidan olingan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

924322
Matbuot Sharhlari 07.03.2018

Sabah gazetasi: Prezident Erdog’an BMTga e’tiroz bildirdi. Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi va Prezident Rajap Tayyip Erdog’an partiyasi yig’ilishida so’zlagan nutqida Suriyada rejim kuchlari tomonidan qurshab olingan Sharqiy Guta mintaqasida davom etgan insoniy fojia muammosini hal qilolmagan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga e’tiroz bildirgan holda, “Sharqiy Gutadagi voqealar odamgarchilikka to’g’ri keladimi? Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashida qaror qabul qilindi lekin amal qilinmagan qarorning odamgarchilik uchun hech qanday foydasi yo’q. Siz faqatgina odamlarni aldayapsiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Sabah gazetasi: Prezident Erdog’an bilan Vladimir Putin telefon orqali muloqat qildi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqat qildi. Kecha kechki payt bo’lib o’tgan muloqatda Suriya rejimi tomonidan qurshab olingan Sharqiy Gutadagi insoniy fojia bosh bo’lish bilan birga Suriyadagi oxirgi vaziyat qo’lga olindi. Erdog’an, Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti haqida ham fikr almashar ekan ikkala lider, o’zaro munosabatlarga ham to’xtaldi.

Vatan gazetasi: Mevlut Chavusho’g’li, “AQSh bilan hamfikrmiz” dedi. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Manbij masalasini qo’lga olgan uchrashuvi haqida bayonot berdi. Chavusho’g’li bu haqida, “Ichki urushdan oldin aholining joylashishi asos olinadi. Shartnoma uchun eng avvalo PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG terror tashkiloti Manbijdan chiqarilishi kerak. Badarg’a qilinganlar takror o’z tuproqlariga qaytadi. AQSh bilan aholi soniga ko’ra boshqaruv masalasida hamfikrmiz” dedi.  

Haber Turk gazetasi: Zeybekchi, po’lat va alyuminiy masalasiga to'xtaldi. Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Amerika Qo’shma Shtatlarining import po’lat va alyuminiyga ilova sifatida bojxona solig'ini yo’lga qo’yish haqidagi qarori masalasida Yevropa ittifoqining Savdo ishlari bo’yicha komissari Cecilia Malmstrom bilan telefon orqali muloqat qildi. Muloqatda, ikkala tomon kelasi jarayonda Jahon savdo tashkiloti platformasida birgalikda faoliyat olib borish masalasida kelishib olgan.

Star gazetasi: Chet elliklarning Turkiyadagi ko’chmas mulki oldingi yilga nisbatan bu yil ikki barobarga ortdi. Yer kadastri direktori Mehmet Zeki Adli, chet elliklarning Turkiyada ko’chmas mulk egasi bo’lishlari haqida ma’lumot berdi. Chet elliklarga ko’chmas mulk sotish qoidalarida bir necha yengilliklar yo’lga qo’yilganligini eslatgan Zeki Adli, “Bugungacha Turkiya bo’ylab 147 ming 924 nafar chet ellik kishi 68 ming 319 ta ko’chmas mulkka ega bo’ldi. O’tgan yili esa 24 ming 111 chet ellik 15 ming 508 ko’chmas mulk sotib olgan edi” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar