Matbuot sharhlari 01.02.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

901438
Matbuot sharhlari 01.02.2018

                              

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an Putin bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot o’tkazdi.

Suhbat chog’ida, Rossiyaning Sochi shahrida o’tkazilgan milliy muloqot kongressi natijalari, Suriyaning Afrin tumanida olib borilayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti va Idlibdagi vaziyat muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki davlat rahbari Rossiya-Turkiya munosabatlarini ham ko’zdan kechirdi.

“Chambar toraymoqda” deb yozadi Yeni shafak gazetasi.

Turkiya prezidentlik voizi Ibrohim Kalin Afrinda davom etayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti haqida ma’lumot berdi.

“Avvalo maqsadimiz Suriyani jangarilardan tozalashdir. Turkiya qurolli kuchlari Afrinda 700 jangarini yo’q qildi. Qahramon askarlarimiz qattiq kurashmoqda. Terror tashkiloti qisuvga olinmoqda”,-dedi Ibrohim Kalin.

“Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimdan Makronga javob” deb yozadi Star gazetasi.

Turkiyaga tashrif buyurgan Livan bosh vaziri Saad Haririy bilan mushtarak matbuot anjumani o’tkazgan Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Afrindagi harbiy amaliyot “Ishg’ol harakatiga aylanmasin” deya nasihat qilgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga javob berdi.

“Turkiya qat’iyan ishg’ol maqsadida harbiy amaliyot boshlatmaganligini butun dunyo yaxshi biladi. Evfrat qalqoni harbiy amaliyotiga nazar tashlasangiz buni anglaysiz. Fransiyaning tushunchasi noo’rin”,-deb javob berdi Turkiya bosh vaziri.

“Tunjelida o’rta asrga oid ulkan Pithos topildi” deb yozadi Vatan gazetasi.

Turkiyaning Tunjeli viloyatida o’tkazilgan reydlarda o’rta asrga oid ekanligi taxmin qilingan taxminan 1500 yillik tarixiy asar topildi.

“Pithos” deb atalgan topildiq Tunjeli madaniyat boshqarmasiga topshirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot sharhlari , #gazeta , #xabarlar

Aloqador xabarlar