Matbuot Sharhlari 02. 11. 2017

Bugungi Turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

839315
Matbuot Sharhlari 02. 11. 2017

Sabah gazetasi: “Prezident Erdog’an Beshtepada, bundan buyon rivojlanish vaqti ekanligini qayd etdi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Beshtepadagi “Xalq madaniyat va kongress markazi”da uyushtirilgan navbatdagi Turizm forumida so’zlagan nutqida, turizm tarmog’ini qiziqtirgan muhim va suyunchili ma’lumotlar berdi. Erdog’an, “Tarmoqning murakkab kunlarini ortta qoldira boshladik. Yuz bergan salbiy vaziyatning o’rnini toldirish uchun yo’lga qoyilgan past narx siyosatining ahamiyati katta. Turizm tarmog’ida rivojlanish vaqti keldi. Turkiyaning salohiyati shunchalik kattaki, biz qo’ldan boy bergan bozorlarning yana da yiriklari yonginamizda, bizni kutmoqda” dedi.

Vatan gazetasi: “Eksport sohasida rekord o’rnatildi”. Turkiya Eksportchilar majlisining bu yilga bag’ishlangan “Eksport haftasi” tadbirida nutq so’zlagan Bosh vazir Binali Yildirim, iqtisodiyotning eng asosiy to’rtta tarmog’ining investitsiya, fuqarolarning ish bilan ta’minlanishi, ishlab chiqarish va eksport ekanligini qayd etdi. Bosh vazir Yildirim oktabr oyida eksportning rekord ortish bilan 15.6 foizga ko’tarilib, 13.6 milliar AQSh dollariga yetganligini va bu orqali oxirgi 10 yilning rekordi o’rnatilganligini ma’lum qildi.    

Yeni Shafak gazetasi: “Istanbulda yirik loyihalar yo’lga qoyilmoqda”. Turkiya Respublikasi Transport, dengiz ishlari va kommunikatsiyalar vaziri Ahmet Arslan poytaxt Anqarada bo’lib o’tgan navbatdagi Turizm forumida rejalashtirilgan loyihalar haqida gapirdi. Arslan barcha vazirliklar olib borgan faoliyatlarning bir-biriga chambarchas bog’lik ekanligini eslatgan holda, “Istanbulda yangi, yirik, dengizni to’ldirmagan holda va bir vaqtning o’zida 6 ta kema yondasha oladigan kruiz yaxtasi porti loyihasini yo’lga qoyish faoliyatlarini boshlatmoqdamiz. Ayni vaqtda Yenikapidan nostaljik bir poyezd orqali Sirkeji bekatigacha ham kela oladigan tartib qoida o’rnatamiz. Tarmoqga muhim ijobiy hissa qo’shadi” dedi.

Haber Turk gazetasi: “Sakariyadan Yaponiyaga eksport qilinganida, qiymati ortmoqda”. Sakariyaning Geyve tumanida “sariq olmos” deb atalgan va dunyoning bir necha mamlakatiga eksport qilingan behining Yaponiyaga ham eksport qilinishi uchun kerakli faoliyatlar boshlatildi. Ichki bozordan tashqari Ukraina, Gollandiya, Italiya, Germaniya, Fransiya va Rossiyaga ham eksport qilingan behiga bo’lgan talabning ortirilishi uchun kerakli faoliyatlar davom etmoqda. Geyve behisining o’tkazilgan festivallar orqali yana da ko’proq davlatga yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda. Bu doirada Geyve behisining savdo belgisi ro’yhatga olindi. Shuningdek, geografik ko'rsatkich hujjati uchun murojaat qilinadi, mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish markazining tashkil etilishi va har yili festival o’tkazilishi rejalashitirlomoqda.  

Hurriyet gazetasi: “Beshiktash, tarixda qoladigan muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritishni davom ettirmoqda”. UEFA Chempionlar ligasining G guruhida Turkiyaning Beshiktash jamoasi musobaqani Fransiyaning Monaca jamoasi birlan 1-1 durang narija bilan yakunlab keyingi bosqichga ko’tarildi. Bu orqali UEFA Chempionlar ligasida tarixiy muvaffaqiyatni qo’lga kiritgan Beshiktash, 10 bal orqali guruhdagi o’rnini saqlab qoldi.   

 

 



Aloqador xabarlar