Matbuot Sharhlari 21 .08.2017

Prezidentimiz Rajab Toyyib Erdo’g’an, Adolat va taraqqiyot partiyasi Istanbul viloyat rahbariyatining kengaytirilgan viloyat maslahat majlisi yig’ilishida so’zga chiqdi.

793823
Matbuot  Sharhlari 21 .08.2017

Matbuot                     Sharhlari                     21.08.2017

Haber Turk: “ Erdo’g’an: Davlat va biz bahs mavzusi bo’lganda  ko’zimiz bir narsani ko’rmas”

Prezidentimiz Rajab Toyyib Erdo’g’an, Adolat va taraqqiyot partiyasi Istanbul viloyat rahbariyatining kengaytirilgan viloyat maslahat majlisi yig’ilishida so’zga chiqdi. Suriyaning shimolida  bo’layotgan o’yinlar borasida to’xtalgan Erdo’g’an, chegarada  terror tashkilotlari bilan uzoq va qonli kurash olib borgan Turkiya ekanini aytdi. Chet  kuchlar tomonidan Suriyaning shimolida terror davlati tuzishga tirishganini aytgan Erdo’g’an, fitna rejalari bo’lgan kuchlarga qarshi  norozilik ko’rsatib, “davlatimiz bahs mavzusi bo’lganda ko’zimiz hech bir narsani ko’rmas, ittifoq, diplomatiya, tijorat, istiqbol bahs mavzusi bo’lgan bularning bir hukmi  yo’q” dedi.

Sabah gazetasi: Turk avtomobil sanoati  150 milliard dollar eksport qildi”

Avtomobil sanoati bugungacha jami 12 million 274 ming vosita eksport qildi. 5 qit’ada 193 o’lkaga qilingan eksportdan taxminan 150 milliard dollar miqdorida daromad hosil qildi. Taxminan 50 yillik bir o’tmishi bo’lgan Turkiya avtomobil sektori eksport o’tmishi 80- yillarning oxirida boshladi. Bugungi kunda Turkiya eksportning yetakchisi bo’lgan sektorning eksport qilgan o’lka soni 5 qit’ada 193ga bordi.

Ko’plab inson xaritadagi joyini hatto  bilmagan o’lkalarga eksport qilib o’zini isbotlagan avtomobil, dunyoda vosita sotmagan o’lka deyarli qolmadi.

Star : “ Nemis yurtdoshlari, o’z siyosatchilariga hatto quloq solmaydi”

Germaniyaning Turkiyaga qarata oxirgi davrlarda tatbiq etgan iftiro siyosati xalqaro sohada va o’z yurtdoshlari orasida tarafdori yo’q. Germaniyaning rasmiy xabar agentligi DPAning xabariga ko’ra,  Germaniya tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabriel o’z yurtdoshlariga qarata 4 hafta oldin “ Turkiyaga sayohat qilmang” chaqirig’iga qaramasdan holi hozir eng ko’p tanlangan turzim o’lkasi vaziyatida.

Tui, O’ger, DER Touristik, Alltours kabi Germaniyaning mashhur barcha tur shirkat vakillari, bu yil Turkiya turlarida o’tgan yilga ko’ra katta ortish bo’lgani ko’rilmoqda Turkiyani tanlamoqdalar deb izoh etdi. Boshqa tomondan o’tgan hafta tarqatilgan bir hisobotda Germaniyaliklar eng joylashgan o’lkalar qatorida Turkiya, Shveysariya, AQSh, Avstriya va Angliyadan 5 o’rinda joy oldi.

Yeni Shafak: “ Zerzevan qal’asida yangi kashf”

Diyarbakirning Chinor tumaniga 13 kilometr masofadagi Demiro’lchek mahallasida, Rim imperiya davrida “ harbiy markaz “ sifatida ishlatilgan Zerzevan qal’asida hayajonlantirgan  kashf. Qazuv ishlarida, oldin topilgan  Rim davri Mithras diniga oid yer osti  ibodat xona, yopilgan maxfiyy o’tish yo’li va taxminan 400 kishi joylashadigan bir yer osti boshpana bilan bu yil 4 joy yana topildi. 60 gektar maydonda 12-15 metr balandlikda va  bir ming 200 metr masofada qal’a qoldig’i 21 metr  balandlikda kuzatish va mudofaa minorasi, cherkov, boshqaruv binosi, uy- joylar, don- g‘alla  va qurol omborlari, yer osti ibodat xonasi, boshpana, qoya qabrlar, suv kanallari bilan 54 karizi bo’lgan qal’a,  tarixni yoritmoqda. Qazuv faoliyatlari 3 yildir   madaniyat va Turizm vazirligi, Diyarbakir muzeyi, gubernatorlik, shahar hokimligining hamkorligida  yuritilmoqda.

Vatan gazetasi: “ Turk telekomga Steviedan 7 tarmoqdan mukofot”

Turk Telekom2017 Stevie mukofotlariga loyiq deb topildi, murojaat etgan barcha kategoriyalardan mukofot bilan qaytdi. Online faoliyat kategoriyasida oltin medalga loyiq deb topilgan Turk telekom, inovatsiya markazli va foydalanuvchi do’sti faoliyatlari bilan jami 7 Stevie mukofotining egasi bo’ldi. Turk Telekom Sotuvdagi va xaridorlar xizmatlari bosh direktori o'rinbosari Umit O’nal, shirkatning muvaffaqiyati, “ Turk telekom xaridor markazli uslubi, barcha tarmoqlarda tatbiq etmoqdamiz. Yaqin davrdagi eng katta maqsadimiz, xaridorlarimiz foydalangan har jihoz orqali, ehtiyojlarini en qisqa zamonda katta mamnuniyat bilan qondirishlari.” Deb ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turk , #Matbuot sharhlari , #Gazetasi

Aloqador xabarlar