Matbuot Sharhlari: 04.07.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

764453
Matbuot Sharhlari: 04.07.2017

Star gazetasi: “Turkiya yashirin embargoni milliy mudofaa bilan yengdi”. Turkiya, oxirgi 15 yil mobaynida amalga oshirgan mahalliy loyihalari orqali mudofaa sanoatida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. “Milgem” loyihasining 4-kemasi hisoblangan “Kinaliada Korveti” Istanbulning Tuzla tumanida Prezident Erdog’anning ishtirokida tantanali ravishda dengizga tushirildi. Marosimda so’zlagan nutqida mudofaa sanoatining mahalliylashitirilishining ahamiyatiga e’tibor qaratgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “15 yildan beri puxta kuzatmaganimizda edi bugungi kunda na yurtimizga nisbatan joriy etilgan yashirin embargolar yuzasidan terrorga qarshi kurash olib olardik na, hududdan tashqarida amaliyotlar yurita olardik” deya gapirdi. Erdog’an shuningdek o’z so’zida, Turkiyaning milliy uchoq kemasi ishlab chiqarajagi haqidagi suyunchli xabarni ham ovoz qildi.    

Yeni Shafak gazetasi: “Egey dengi greklarning ig’vosiga sahna bo’ldi”. Gretsiyaga qarashli katerlar, Rodos oroliga uzoq nuqtada turgan turk kemasiga qarshi kecha oqshom vaqtlarida o’q uzdi. Roppa-rosa 16 ta o’q yegan ichi bosh, yuk tashuvchi turk kemasi ikkita Sohil xavfsizlik kemasi hamrohligida Marmarisga olib chiqildi. Buning oqibatida Gretsiya, vaziyatning zimdan berilgan xabar ortidan amalga oshirilganligini iddio etar ekan Anqara bunga qattiq norozichilik bildirdi va “Inson hayotini e’tiborga olmagan noinsof say-harakatni keskin qoralaymiz” dedi.

Hurriyet gazetasi: “Inflatsiya darajasida bu yilning iyun oyida pasayish kuzatildi”. Inflatsiya darajasida bu yilning iyun oyida o’sish sur’ati kuzatilar ekan kutilganning aksiga 0.27 foizlik pasayish kuzatilib, bir yillik inflyatsiya 10.9 foizga tushdi. Ushbu pasayishning pomidor, sut, tuxum, benzin va mazut narxlarining tushishi yuzasidan ekanligi aniqlandi. Roppa-rosa 10 oy ortidan yuz bergan inflatsiyadagi pasayish iyul oyida ham davom etishi mumkin.   

Habertürk gazetasi: “AQSh safarlarida noutbuklarga ruxsat berilmoqchi”. Amerika Qo’shma Shtatlarining Istanbul safarlarida man etilgan noutbuklar uchun ertadan boshlab ruxsat berilishi kutilmoqda. Turk havo yo’llari Bosh direktori Bilal Ekshi, o’zining twitter sahifasi orqali bergan ma’lumotida: “Amerika safarlari uchun man etilgan elektronik jihozlar to’g’risidagi qarorning 5-iyuldan boshlab bekor qilinishini kutyapmiz” dedi.   

Vatan gazetasi: “Turkiyada rekord harorat qayd etildi”. Meteorologiyaga ko’ra G’arbiy O’rta yer dengizida 30-iyun bilan 2-iyul orasida rekord harorat kuzatildi. Shimoliy Afrika ustidan kelgan issiq havo harorati Antaliya, Mug’la, Burdur, Isparta va ba’zi tumanlarda oxirgi marotaba bundan 1 yil muqaddam, eng uzog’i esa bundan roppa-rosa 51 yil avval kuzatilgan edi. Oxirgi uch kun mobaynida Bodrumda 51 yil ortidan issiqlik 46.8 darajani ko’rsatdi. Antaliya esa 17 yil ortidan 45.4 darajaga chiqdi.   

 

 



Aloqador xabarlar