Matbuot Sharhlari 15.11.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

611384
Matbuot Sharhlari 15.11.2016

Sabah gazetasi: “YI-ga yana 2 oy sabr qilaylik, keyin referendum o’tkazishimiz mumkin”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Yevropa Parlamenti raisi Martin Schulzning terror qonuniga o’zgartirish kiritish taklifiga salbiy javob bergan Turkiya bilan muzokaralarni to’xtatish va sanksiya e’lon qilish tahditlariga qarshi “Yil yakuniga qadar sabr qilaylik, undan keyin bu masalani referendum orqali hal qilamiz” dedi. Terrorni qo’llab-quvvatlagan G’arb davlatlariga e’tiroz bildirgan Erdog’an, “Terroristlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlab ortidan Turkiyani tahdit qilasiz. Mustaqillik har doim xalqningdir. Shunday ekan biz bu masalani referendum orqali yechamiz. Biz o’z faoliyatimizni faqatgina to’g’rilar bilan hal qilamiz” dedi.   

Haberturk gazetasi: “Yevropa ittifoqi ortga tisarildi, muzokaralar davom etadi”. YI Tashqi ishlar vazirlari Bryusselda Turkiyaning ittifoqga a’zolik muzokarasini muhokama qildi. Avstriyadan tashqari barcha mamlakatlar, Turkiyaning a’zolik muzokaralarining davom etishi kerakligini bildirar ekan Angliya Tashqi ishlar vaziri Boris Johnson, Turkiyaning strategik ahamiyatga ega ekanligini eslatib; “Turkiyani chetlatmazligimiz darkor. Yuz bergan voqealarga qarshi mushtarak foydamizga nomunosib javob bermasligimiz kerak” dedi. Ittifoqning muhim a’zolari hisoblangan Germaniya bilan Fransiya vazirlari ham muzokaralarning to’xtatilishining foydaga qaraganda ko’proq ziyon berajagini aydilar.

Yenishafak gazetasi: “Shirnak terrordan qutqarildi va xalq o’z uyiga qarab yo’l ola boshladi”. Turkiyaning Shirnak viloyati shahar aholisiga qarshi qatliom uyushtirgan, uy-joylarini vayron qilgan PKK terror tashkilotidan qutqarildi. Shunday ekan bugungi kunda mahalliy aholi o’z uy-joylariga qayta boshladi. Xavfsizlik kuchlariga minnatdorchlik bildirgan shirnakliklar, PKK terror tashkilotining shaharga bergan ziyoni yuzasidan ularga katta norozichilik bildirmoqdalar. Davlat, terrordan qutqarilgan mintaqalarning qayta tiklanishi uchun moliyaviy jihatdan turli yordamlar beradi.    

Vatan gazetasi: “Yevroosiyo tunnelining qurilish faoliyati o’z yakuniga yetay deb qoldi”. Turkiyaning eng yirik loyihalaridan biri hisoblangan va Istanbulning ikki qit’asini suv osti orqali birlashtirgan “Yevroosiyo tunneli” shu yilning 20-dekabrida xalq xizmatga ochiladi. Ushbu loyiha orqali 100 daqiqa davom etgan Kazlicheshme-Go’ztepa o’rasidagi yo’l atigi 15 daqiqaga tushadi. Loyiha uchun jami 1 milliard 245 million dollar mablag’ ajratildi. Bir kunda kamida 100 min mashina tomonidan foydalanilishi rejalashtirilgan loyiha, ikki qavatli bo’lib u o’tgan yili, Xalqaro tunnel va Suv osti qurilishlari ittifoqi tomonidan “Yilning eng yirik loyihasi” mukofatiga sazovor deb topilgan edi.     

Star gazetasi: “TRT kanali seriali ‘Dirilish Ertug’rul’ reyting rekordi o’rnatdi”. Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan ‘Dirilish Ertug’rul’ bu yilning eng yaxshi seriali deb tanlanar ekan u “Altin Kelebek” mukofatiga sazovor deb topildi. Serialning prodyusser va senaristi Mehmet Bozdag’, o’zining shaxsiy instagram hisobi orqali bu haqidagi his-tuyg’ularini qalamga olib, serial tomoshabinlariga minnatdorchilik bildirdi.  

 

 


 



Aloqador xabarlar