Matbuot Sharhlari 07.11.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

605517
Matbuot Sharhlari 07.11.2016

Hurriyet gazetasi: “G’arb davlatlari o’zlariga o’zlari qasd qilyapdi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Istanbulning Uskudar tumanida joylashgan Tibbiyot va sog’likni saqlash fanlari universitetining Faxriy doktor unvoni berish va Academic Hospital ochilish marosimida nutq so’zlar ekan u o’z nutqida Yevropaning PKK terror tashkilotiga qaratilgan muomalasini tanqid qildi. G’arb davlatlarining o’zlariga o’zlari qasd qilayotganligini eslatib, PKK terror tashkilotining huddi Bumerangdek, aylanib kelib bir kunmas-bir kun G’arb davlatlarini kaltaklashini aytgan Erdog’an, “PKK terror tashkiloti, terror tashkiloti orasidagi eng ahloqsiz va eng ikkiyuzlamachi tashkilotdir” dedi. G’arb davlatlarining muhojirlarga qaratilgan dahshatli muomalasini ham unutmaslik kerakligiga e’tibor qaratgan Prezident, irqchilik va islom diniga qarshi dushmanlik tuyg’ularining tarixdan beri G’arb davlatlarida mavjudligini, bugungi kunda esa huddi ana shu tuyg’ularining yangidan olovlanganligini ta’kidlab o’tdi.     

Star gazetasi: “S&P haqiqatni ko’rdi, investitsiya takror ortadi”. Star gazetasi tarqatgan ma’lumotga ko’ra “Standard & Poor's” xalqaro reyting agentligi Turkiyaning kredit ko’rsatkichini ko’targan. Moliya vaziri Naji Ag’bal bu vaziyatni, Turkiyaning tuzilmaviy islohotlarga qaratilgan bog’liligining “S&P” tomonidan qabul qilinishi deya baholadi. Turkiya hududida investitsiya yuritmoqchi bo’lganlarning ham Turkiyaga bo’lgan ishonchlari ortganligini belgilab o’tgan Ag’bal, mamlakatning o’rta va uzoq muddatli o’sish salohiyatini ko’rgan bir necha investorlarning Turkiyaga kelib investitsiya faoliyatini boshlatganligini aytdi.   

Vatan gazetasi: “Eksport tarmog'i 8 yilning eng buyuk rekordini o’rnatdi”. Turkiyaning eksport lideri avtomobil tarmog’i, 2016-yilning oktabr oyida 2008-yildan beri birinchi marotaba eng yuqori eksport raqamini qo’lga kiritdi. Uludag’ nomidagi Avto sanoat eksportchilar uyushmasi (OIB) ma’lumotiga ko’ra, avtomobil eksporti o’tgan yilning oktabr oyiga qaraganda 8.2 foizga ortib, 2 milliard 190 million dollarga yetdi. Tarmoqning Turkiya eksportidan olgan ulushi oxirgi oylardagi eng yuqori nisbatlardan biri hisoblangan 18.7 foizga yetdi. Avtomobil tarmog’ining yanvar-oktabr davri ham 10.8 foizga o’sib, 19 milliard 269 million dollarga yetdi. Avtomobil tarmog’ining oktabr oyi o’sishi, atrofdagi mamlakatlar orasida ham yuqori o’ringa ko’tarildi. Avtomobil eksportida 35 foizlik o’sish bilan 411 million dollarlik daromad olgan Germaniya, tarmoqning eng yirik bozori sifatida o’zining birinchi o’rnini himoya qildi. Germaniyadagi ortishda yengil avtomobilning 191, avtobus-mikro avtobus eksportining 35 foizlik ortishi ta’sirli bo’ldi. Eksportning ikkinchi yirik bozori Italiya 49 foizga, Fransiya esa 13 foizga ortdi.

Yeni Shafak gazetasi: “HAVELSAN AQShning Quantum 3D texnologiya firmasini sotib oldi”. HAVELSAN bir yarim yildan beri davom etgan savdolashish ortidan Amerika Qo’shma Shtatlarining Silikon vodiysida faoliyat yuritgan Quantum 3D texnologiya firmasini sotib oldi. HAVELSAN Bosh direktori Ahmet Hamdi Atalay, Kaliforniya shtatidagi Silikon vodiysida bo’lib o’tgan marosimdagi nutqida, texnologiyaning eng so’nggi mahsuloti nima bo’lsa huddi ana shuning ketidan tushganliklarini aytdi. Amerikadagi texnologiya firmalaridan birini birinchi marotaba sotib olgan firma ekanliklariga e’tibor qaratgan Atalay, bu vaziyatning tarmoqdagi rakiblarini bezovta qilganligini aytishni ham unutgani yo’q.

Sabah gazetasi: “To’liq o’rta maktab o’quvchisi Elifnaz, vaksinani sifatli saqlash apparati bo’yicha dunyo miqyosida birinchi o’rinni egalladi”. To’liq o’rta maktab o’quvchisi Elifnaz Shenturk, oila shifokori bo’lgan otasining vaksinani sifatli saqlashiga yordam berish maqsadida tuzgan “isitish va sovutish tizimlaridan birgalikda foydalanish yo’li orqali issiqlikni bir xil darajada tutgan ko’p xonali apparat” loyihasi bilan “Ilmiy loyiha musobaqasida” dunyo miqyosida birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Braziliyada o’tkazilgan va dunyoning 21 davlatidan qariyb 400 loyiha ishtirok etgan “Mostratec” ilmiy loyiha musobaqasida Turkiya nomidan qatnashgan 11-sinf o’quvchisi Shenturk, “material muhandisligi” sohasida dunyo miqyosida birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.               

        



Aloqador xabarlar