Matbuot Sharhlari 05.04.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

464908
Matbuot Sharhlari 05.04.2016

Haberturk gazetasi: “Ziyorat ortidan AQSh hay'ati Turkiyaga keldi". Prezident Rajap Erdog'an 31-Mart va 1-Aprel kunlari orasida Yadroviy xavfsizlik sammitida ishtirok etish uchun Vashingtonda edi. Janob Prezident ushbu sammit chog'ida Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat rahbari Barack Obama bilan 55 daqiqalik o'zaro uchrashuv o'tkazgan edi. Ushbu uchrashuv ortidan kecha kutilmaganda, AQShdan Anqaraga bir guruh amerikalik hay'at tashrif buyurdi. Amerikadan kelgan hay'at orasida harbiy, razvedka xodimlari va diplomatik yetakchilar mavjud. Uchrashuvda Turkiya bilan AQShning DEAShga qarshi kurash bo'yicha hamkorligi kun tartibiga olib chiqiladi. Undan tashqari Suriyada DEASh terror tashkiloti bilan YPG o'rtasida yuz bergan to'qnashuvlarning markazidagi Menbik mintaqasi ham kun tartibi moddalari ro'yhatidadir. Turkiya, Suriya chegarasidagi eng noziq nuqta hisoblangan Azez Jerablus liniyasini ham o'z ichiga qamrab olgan ravishda YPGning olg'a siljishidan bezovta bo'layotganligini AQShga yetkazgan edi. Menbik mintaqasining YPG nazorati ostiga o'tishi uchun AQShning YPG terror tashkilotiga yordam berganligi haqidagi ma'lumotlar o'tgan hafta kun tartibiga olib chiqilgan bo'lib, bunga qarshi Anqara jiddiy ravishda norozichilik bildirganligi barchaga ma'lum.

Star gazetasi: “Kecha Turkiya bilan Gretsiya tarixiy bir kunga guvoh bo'ldi". Gretsiyaning Lesbos va Xios oroli bilan Izmirning Dikili porti kecha tarixiy bir kunga guvoh bo'ldi. Turkiya bilan Yevropa ittifoqi o'rtasida amalga oshirilgan kelishuvga ko'ra 20-Marttan keyin Gretsiyaga o'tgan ilk immigrant gruhi, Lesbos orolidan 2ta qayiq orqali Izmirning Dikili portiga olib kelindi. Turkiyadagi suriyaliklar ham huddi ana shu soatlarda uchoq orqali Germaniyaning Gannover shahriga kuzatildi. Suriyaliklar u yerda Gyottingenga qarashli Fridlender shahridagi muhojirlarni ro'yhatga olish markaziga joylashtirildi.

Yeni Shafak gazetasi: “Bugungi kun, Wikileaksni cho'lda qoldirgan voqeaga guvoh bo'ldi". Butun dunyo Wikileaks ortidan e'lon qilingan eng muhim ma'lumot tarqatish voqeasiga guvoh bo'ldi. Panamalik huquq firmasi Moses Fonsekaga oid 11 million hujjat bir amallab qo'lga kiritilib Xalqaro tadqiqotchi jurnalistlar konsortsiumi tomonidan jamoatchilikka ma'lum qilindi. Jamoatchilikka tarqatilgan ushbu ma'lumotga ko'ra dunyoning 12 Davlat rahbari bilan 143 nafar siyosatchi offshor hisoblar orqali millionlab dollarga soliqsiz ega bo'lganligi iddio qilinmoqda. Panama ro'yhati orqali Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning yashirin boyliklari ortaga chiqdi. Putinning eng yaqin do'sti Sergey Roldugin orqali Panamaga 2 milliard dollarlik pul o'tkazganligi ma'lum bo'ldi.

Vatan gazetasi: “Ispaniyaliklar siesta bilan hayrlashadi". Ispaniya bugungi kunda muhim an'anasidan voz kechishni rejalashtirmoqda. Ispaniya Bosh vaziri Mariano Rajoy, siesta soatlarini bekor qilib, ish soatlarini orttirmoqchi. Xodimlarning tushlik vaqtida 3 soat dam olishining iqtisodiy o'sishga meno'lik qilganligini ta'kidlagan Rajoy, “Ish vaqtining 18'00da tamomlanishi uchun qo'limdan kelganini qilaman" deya gapirdi.

Hurriyet gazetasi: “Istanbulda o'tkaziladigan sport yarmarkasi 14-aprel kuni bo'lib o'tadi". Sport tarmog'ining eng muhim markalari 14-17-aprel kunlari Istanbulda, “Sport va faol umr surish" deb nomlangan yarmarkada xalq ziyoratiga ochiladi. Yarmarkada 200 dan ortiq sport firmasi ishtirok etar ekan, Yevroosiyo velosiped yarmarkasi bilan Boat Istanbul yarmarkasi bir xil vaqtda uyushtiriladi.



Aloqador xabarlar