Galata minorasi ziyoratchilar uchun takror ochildi

Galata minorasi qayta tiklash ishlari ortidan ziyoratchilar uchun takror ochildi.

2144747
Galata minorasi ziyoratchilar uchun takror ochildi

Istanbulda o‘rin olgan Galata minorasi Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan qayta tiklandi. Ortidan yana ziyoratchilar e’tiboriga ochildi.

Zamonaviy texnologiya va akademiklar rahbarligida amalga oshirilgan qayta tiklash ishlari natijasida minoraning tashqi ko‘rinishi ta’mirlandi. Eng muhimi, yer silkinishiga qarshi mustahkamlandi.

Mahalliy va chet ellik sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etgan minoraning 8 – qavatida joylashgan panoramali dengiz manzarali balkoni, hayratlanarli metropolni fon sifatida suratga olishga imkon bermoqda.

Minoraning 6 - qavatida yosh mehmonlar oilalari bilan birgalikda «Find Istanbul» (Istanbulni top) deb nomlangan interaktiv video o‘yinida ishtirok etmoqda. Uning pastki qavatida, ya’ni, 2 - qavatida esa 17 – asrda yashab o‘tgan turk olimi Hezarfen Ahmad Chalabiyning Galata minorasidan Uskudarga boʻlgan afsonaviy parvozini jonlantirgan simulyatsiyaga guvoh boʻlishingiz mumkin.

Roppa – rosa 674 yoshli minora, joriy yilning 23 - fevrali kuni, qayta ta’mirlash ishlari tufayli ziyoratga bekitilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Istanbul , #Galata minorasi

Aloqador xabarlar