Istanbulda Navro'z bayrami nishonlandi

O'zbekiston Bosh konsulxonasi Istanbul shahridagi "Lutfibanat" o'rta maktabida Navro'z bayramiga bag'ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etdi.

2118939
Istanbulda Navro'z bayrami nishonlandi

 

O'zbekiston Bosh konsulxonasi Istanbul shahridagi "Lutfibanat" o'rta maktabida Navro'z bayramiga bag'ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etdi.

Tadbirda Istanbul Xalq ta'limi boshqarmasi, Beshiktosh tuman Xalq ta'limi bo'limi, hududdagi bir qator maktablar, Turkiyadagi o'zbek diasporasi vakillari, mahalliy OAV jurnalistlari vatandoshlar va talabalar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga bahor bayrami Navro'zning tarixi, o'zbek xalqining boy madaniyati, uning an'analari, zamonaviy taraqqiyoti va O'zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida taqdimot namoyish etildi.

“Siz O'zbekistonni bilasizmi?” deb nomlangan viktorina ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Turkiyadagi diaspora vakillari ijrosidagi o'zbek qo'shiqlari, raqslar barchaga bayramona kayfiyat bag'ishlab, O'zbekiston madaniyatiga qiziqishni oshirdi. Mehmonlar uchun bayram dasturxoni yozilib, o'zbek milliy taomlari tortildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Navro'z bayrami , #Istanbul

Aloqador xabarlar