Amerikadan topilgan Anadoluga oid tarixiy asarlar Turkiyaga qaytarildi

Tarixiy ashyolar miloddan avvalgi 7-asrdan miloddan keyingi 7-asrgacha boʻlgan keng davrga tegishli.

2073305
Amerikadan topilgan Anadoluga oid tarixiy asarlar Turkiyaga qaytarildi

 

Amerika Qo'shma Shtatlarida topilgan Anadoluga oid 41 ta tarixiy eksponat Nyu-Yorkdagi Turkiya rasmiylariga topshirildi.

Ma'lumki, uzoq davom etgan sud jarayonlari natijasida chet mamlakatlardagi Turkiyaga oid tarixiy asarlar mamlakatga qaytarilishiga qaror berildi.

Shu munosabat bilan Turkiyaning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligida marosim uyushtirildi. Tadbirda AQShdagi ba'zi muzeylar vakillari va bir guruh amerikalik akademiklar ham ishtirok etdi.

Marosimda Manhattan tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida qo’lga kiritilgan Anadoluga tegishli 41 ta madaniy boylik Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi rasmiylariga topshirildi. 

Tarixiy ashyolar miloddan avvalgi 7-asrdan miloddan keyingi 7-asrgacha boʻlgan keng davrga tegishli.

Qaytarilgan tarixiy ashyolar orasida bundan 60 yil avval Burdurning Bubon qadimiy shahridan AQShga olib ketilgan va turli muzey va kolleksiyalarga sotilgan ba'zi asarlar ham bor.


Tanlangan kalimalar: #Anadolu , #Turkiya

Aloqador xabarlar