Turkiya UNESCO Jahon merosi qoʻmitasiga a’zo etib saylandi

Turkiya BMTning Ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (UNESCO) Jahon merosi qoʻmitasiga a’zo etib saylandi.

2067902
Turkiya UNESCO Jahon merosi qoʻmitasiga a’zo etib saylandi

Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (UNESCO) Jahon merosi qoʻmitasiga a’zo etib saylandi.

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoʻy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, “Turkiya Jahon merosi qoʻmitasiga aʼzo etib saylandi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Nuri Ersoʻy, mavzu haqida:

“Turkiyaning ushbu a’zoligi 4 yil davom etadi. Ushbu jarayonda Jahon merosi kelishuvining ijro organi boʻlgan va bir yilda bir marotaba uyushtirilgan Jahon Merosi qoʻmitasi yigʻilishlarida qoʻmitaning boshqa a’zolari bilan birga, jahon merosi roʻyhati nomzodlari haqida qaror qabul qilish kuchiga ega boʻladi. Yurtimiz bundan avval, 1983 - yildan 1989 – yilgacha va 2013 - yildan 2017 – yilgacha ham qoʻmita tarkibida oʻrin olgandi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mehmet Nuri Ersoʻy , #UNESCO

Aloqador xabarlar