O‘zbekistonda «Turk kinosi kunlari»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda uyushtirilgan «Ipak yo‘li gavhari» XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida, «Turk kinosi kunlari»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2044652
O‘zbekistonda «Turk kinosi kunlari»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda uyushtirilgan «Ipak yo‘li gavhari» XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida, tadbirning maxsus mehmoni – Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligiga bag‘ishlangan «Madaniyat kechasi» va «Turk kinosi kunlari»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda, Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibi Sulton Rayev, O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Batuxan Mumju hamda Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar, Turkiyadan kelgan san’atkorlar va mehmonlar ishtirok etdilar.

Kecha ochilishida soʻzga chiqqan Ozodbek Nazarbekov, festival faqatgina dunyoga mashhur kino sanʼatkorlarini birlashtiribgina qolmay, ayni vaqtda oʻzaro tajriba va uni almashishda ham muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Festival, kino sanʼati tarixida yorqin sahifa boʻlib qolishiga ishonchi komil ekanini taʼkidlagan Nazarbekov, Oʻzbekiston kino sanʼatining 115 yillik tarixiga ega ekaniga e’tibor qaratdi.

Nazarbekov, madaniyat va san’at ahlini qo‘llab – quvvatlagani uchun Turkiya Madaniyat va turizm vazirligini O‘zbekistoning «Madaniyat va sanʼat fidokori» medali bilan taqdirlash istagida ekanliklarini bildirib, mukofotni Batuhan Mumjuga topshirdi.

Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Mumju esa, ikki davlat oʻrtasida prezidentlik darajasida yaxshi aloqalar mavjudligiga eʼtibor qaratib, shu doirada madaniyat sohasidagi hamkorlik tobora ortib borayotganini taʼkidladi.

TURKSOY Bosh kotibi Rayev Turk dunyosi kinosiga hissa qo‘shgan, hayotini kinoga bag‘ishlagan va uning rivoji uchun mehnat qilgan kino san’atkorlariga TURKSOYning «Faxriy» ordenini taqdim etdi.

Mazkur ordenga ozarbayjonlik Elchin Guliyev, qirg‘izistonlik Artikpay Suyundukov, qozog‘istonlik Tungishbay Jamankulov, turkmanistonlik Maya Aymedova, o‘zbekistonlik Gulchehra Jamilova, turk kino san’atkori va rejissyor Semih Kaplano‘g‘lu sazovor deb topildilar.



Aloqador xabarlar