Qadimiy “Antandros” shahrida ikkinchi Rim villasi qoldiqlari topildi

Edremit tumanida, Rim davriga oid ikkinchi villa borligi aniqlandi.

2021429
Qadimiy “Antandros” shahrida ikkinchi Rim villasi qoldiqlari topildi

Turkiyaning Balikesir viloyatining Edremit tumanida 2001-yildan beri qazish ishlari olib borilgan qadimiy “Antandros” shahrida ikkinchi Rim villasi qoldiqlari topildi.

Ege universiteti Klassik arxeologiya boʻlimi oʻqituvchisi professor doktor Gurjan Poʻlat yetakchilik qilgan qazish ishlarida, Rim davriga oid ikkinchi villa borligi aniqlangan.

Oʻz ishini shu nuqtada kengaytirgan jamoa villa devori, infratuzilma qoldiqlari, Antandros tangalari va shu davrga oid turli materiallarni qoʻlga kiritdi.

Qazish ishlari rahbari professor doktor Gurjan Poʻlat, oldin topilgan Rim villasining hamon sharq tomoni bilan undan oldin aniqlangan nuqtalar asosida oʻz ishlarini davom ettirayotganliklarini bildirdi.

Poʻlat,

“Oldin aniqlangan u villa oʻrin olgan togʻ yonbagʻrida elita toifasidagi mahalla joylashgan boʻlishi mumkin degan fikrda edik. Huddi shu fikrlarni dalilga aylantirish uchun yangi tadqiqotni boshladik va biz birinchi navbatda shu asosda ma’lumotlar qidira boshladik”.-dedi.

Poʻlat shuningdek,

“Aftidan, oldingi Rim villasi kabi devor suratlari va mozaikalar bilan bezatilgan yangi villa haqida ma’lumotlar topamiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar