“Laylatul Qadr” – Ramazon oyining muborak kechasi

Ramazon oyida muborak bir kecha borki, Alloh taolo o‘z kalomida uning ming oydan ham afzal ekanligi haqida marhamat qilgan. Bu – Qadr kechasidir.

1975797
“Laylatul Qadr” – Ramazon oyining muborak kechasi

 

Ramazon oyining muqaddas ekanligi barchaga ayon. Ana shu muqaddas oyda muqaddas kun borki, uni Qadr kechasi deb atashadi. 

“Laylatul Qadr” – “belgilash kechasi” degan ma’noni beradi. Yil davomida qilinadigan turli amallar, hukm, topiladigan rizq, bir so‘z bilan aytganda taqdir belgilanadigan kechadir.

U ming oydan yaxshiroq kechadir, deyiladi. Agar bu hisob-kitob qilib ko‘rilsa, taxminan, 83,3 yilga to‘g‘ri keladi. Mana shu kechada qilinadigan ibodatlar, zikrlar, salovotu tasbehlar, duolar ana shunday vaqt kengligini qamrab oladi. Bu, shu muborak kechada qilingan ibodatlar shuncha yil davomida bajarilgan ibodat savobidan afzal, deganidir. Bundan ortiq bu kechaning yana qanday go‘zal va ulug‘vor fazilati bo‘lishi mumkin? Qolaversa, bu kecha omonlik va barokot kechasi. Unda bandaning bir yillik hisob-kitobi yer yuziga tushiriladi. Bu kechada banda bedor bo‘lib, Allohga muxlis holatida, ya'ni ixlos ila duo qilsa, gunohlari mag‘firati, ikki dunyo saodati, o‘zining ehtiyojlari haqida so‘ralsa, ijobat bo‘ladi.

Islomda Qur’on nozil bo‘la boshlagan Qadr kechasi “Osmon eshiklari ochilib, duo va tavbalar qabul bo‘ladigan muborak kecha” sifatida qabul qilinadi.

Qadr kechasida tavba qilish va istig'for aytish, Qur'on o'qish tavsiya qilinadi.

Ming oydan afzal bo'lgan Qadr kechasida Muhammad payg'ambar, “Allohim, sen juda raxmdilsan, kechirishni yaxshi ko‘rasan, meni kechir!”, deya Namoz o'qishni tavsiya qilgan.

Barchalarimizga mana shu kechaning barokoti, hikmati, fayzi, salomatligi, muborakligi nasib etsin, unda qiladigan har bir amalimizni Alloh taoloning o‘zi dargohida qabul qilsin!


Tanlangan kalimalar: #Laylatul Qadr

Aloqador xabarlar