42-Istanbul kino festivali tantanali marosim bilan boshlandi

Tantanali ochilishda “Kino faxri mukofoti” aktyor Kayhan Yildizog’luga topshirildi. Yulduzog'luning o'zi kechaga qatnasha olmadi va o'rniga uning nabirasi Zeynep Aybar mukofotni qabul qilib oldi.

1971336
42-Istanbul kino festivali tantanali marosim bilan boshlandi

 

Istanbul Madaniyat va San'at Jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan "42-Istanbul kino festivali" Kadiko'y dahasidagi Sureyya operasida o'tkazilgan ochilish marosimi bilan boshlandi.

Tantanali ochilishda “Kino faxri mukofoti” aktyor Kayhan Yildizog’luga topshirildi. Yulduzog'luning o'zi kechaga qatnasha olmadi va o'rniga uning nabirasi Zeynep Aybar mukofotni qabul qilib oldi.

Festivalning ikkinchi “Kino faxri” mukofoti kino va teleseriallardagi ijrosi, dublyaj ijodkori sifatidagi muvaffaqiyatlari bilan nom qozongan Nevra Serezliga topshirildi.

Ali İhsan Varol mezbonlik qilgan 42-Istanbul kinofestivalining ochilish marosimida festivalning "Kino faxri" mukofotlari bilan bir qatorda, festivalning amalga oshishiga hissa qo'shgan muassasa va tashkilotlarga ham tashakkur yorliqlari topshirildi.

Marosimdan so‘ng Sundance kinofestivalida “Jahon kinosi” drama yo‘nalishida “Juri katta mukofoti”ga sazovor bo‘lgan Sharlotta Regan rejissyorligidagi “Jangchi” filmi namoyish etildi.

Istanbul kinofestivalida 12 kun davomida 84 davlatdan 160 nafar rejissyor tomonidan tasvirga tushirilgan 134ta badiiy film va 29ta qisqa metrajli film namoyish etiladi.

Turk va jahon kinosidan sifatli va mukofotga sazovor boʻlgan kinofilmlar, taniqli aktyorlar va usta rejissyorlar 18-aprelgacha muxlislari bilan uchrashadi.



Aloqador xabarlar