Dunyoda 3 ming til yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida

Dunyoda 3 ming til 21-asr oxiriga kelib yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida.

1949590
Dunyoda 3 ming til yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida

Bugungi kunda dunyoda insonlar so‘zlashadigan yetti mingdan ortiq tildan uch mingi, 21-asr oxiriga kelib yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida.

“Xalqaro ona tili kuni” 1999-yilda Bangladesh tashabbusi bilan UNESCO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti) Bosh konferensiyasida tasdiqlangan va 2000-yildan buyon har yili 21-fevralda nishonlanadi.

UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘ylab 7000 dan ortiq til mavjud va ulardan 6,700 tasi mahalliy aholi so‘zlashadigan va dunyoda eng katta xavf ostida qolgan tillardandir.

BMTning 2019-yilda nishonlangan “Xalqaro Mahalliy tillar yili” doirasida qabul qilingan qaror loyihasiga ko‘ra, UNESCO, davlatlarni mahalliy tillarni asrab-avaylash uchun mablag‘ ajratib, mexanizmlar yaratishga chaqirmoqda.

UNESKO ma’lumotlariga ko‘ra mahalliy aholi, hatto mamlakat aholisining kichik qismini tashkil etsa ham, madaniy va til xilma-xilligining eng muhim namunasidir. Tillarning yo‘q bo‘lib ketishi esa, qaytarib olish imkonsiz kosmopolitizm va insoniyatning umumiy merosining yo‘q bo‘lib ketishi degan ma’noni anglatishi mumkin.

UNESKO e’lon qilgan yoʻqolib borayotgan tillar atlasiga koʻra, 1950-yildan beri hech kim gapirmagan tillar “yoʻqolib ketgan” tillar hisoblanadi.

Bir tilning “xavfsiz” deb hisoblanishi uchun u til, barcha avlod tomonidan hech qanday cheklovsiz gaplashilishi lozim. Ushbu tasnifga ko‘ra, hozirgi kunga qadar gapirilgan tillarning 4 foizi “yo‘qolgan” deb hisoblanadi.

Bugungi kunda so‘zlashadigan tillarning 10 foizi “kritik darajada yo‘qolib ketish xavfi ostida”, 9 foizi “shiddatli ravishda yo‘qolib ketish xavfi ostida”, 11 foizi “mutlaqo xavf ostida” va 10 foizi “himoyasiz” deb tasniflanadi.

UNESCO, bu tillarning joriy asr oxiriga kelib yo‘q bo‘lib ketishidan xavotirda.

 



Aloqador xabarlar