Kim Kardashyan Malika Dianaga tegishli taqinchoqni sotib oldi

Sotheby's vakilining so‘zlariga ko‘ra, taniqli model Kim Kardashyan ushbu marjonni 197,4 ming AQSH dollariga sotib olgan.

1935734
Kim Kardashyan Malika Dianaga tegishli taqinchoqni sotib oldi
diana kolye.jpg

 

Amerikalik model Kim Kardashyan malika Dianaga oid zargarlik buyumini millionlab dollarga sotib oldi.

Qayd etilishicha, malikaga tegishli zargarlik buyumi “The Garrard” brendi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Marjon ko‘plab ametistlar va olmoslar bilan qoplangan bo'lib, u ilgari Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksion uyi tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Royal & Noble” kim oshdi savdosida 150 ming AQSH dollardan ziyodga sotilgan.

5,25 karat olmos bilan bezatilgan marjonni hashamatli zargarlik buyumlari dizayneri Garrarddan Falastinda tug‘ilgan britaniyalik tadbirkor Naim Attallah sotib olib, Dianaga sovg‘a sifatida taqdim etgan.

Sotheby's vakilining so‘zlariga ko‘ra, taniqli model Kim Kardashyan ushbu marjonni 197,4 ming AQSH dollariga sotib olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, malika Diana ushbu zargarlik buyumini 1987 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan gala xayriyada taqqandi.

Bundan avval ham malika Diananing baqlajon rangli baxmal ko‘ylagi 25 yil ichida birinchi marta Sotheby's auksioniga qo‘yilgan edi.

Kardashian bundan oldn ham Elizabet Teylor va Jaklin Kennedi Onassis kabi mashhur insonlarga oid taqinchoqlarni sotib olgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Diana , #Kim Kardashyan

Aloqador xabarlar