O‘zbek kinoijodkorlari "Qo‘rqut ota" xalqaro kinofestivalida ishtirok etmoqda

O‘zbek kinoijodkorlari joriy yil 1-5-noyabr kunlari Turkiyaning Bursa shahrida bo'lib o'tadigan ikkinchi "Qo‘rqut ota" xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurdi.

1900722

O‘zbekiston kinomatografiya agentligi maʼlumotiga ko‘ra, festival doirasida 4 noyabr kuni O‘zbekiston kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston kinosi kunlari dasturidan o‘zbek kino yulduzlari, aktyor va rejissyorlar bilan ijodiy uchrashuv rejalashtirilgan.

Shuningdek, Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan "Ayol qismati", Akrom Shoxnazarovning “101-reys” va Ibrohim Rasulovning "Muhabbat bahori" filmlari namoyish etiladi.

Maʼlumot uchun, o‘tgan yili o‘tkazilgan xalqaro festivalda Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Vengriya, Eron, Ukraina va Shimoliy Kipr  kinoustalari tomonidan suratga olingan 42 ta film taqdim etilgan edi.

Konkurs dasturida Rashid Malikovning “Tutqunlik” filmi hakamlarning maxsus unvonini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ali Hamroyevning "Xalq jasorati" filmi hujjatli filmlar yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston

Aloqador xabarlar