Bishkekda Saljuqiylar va Usmoniylar davri kiyimlari ko‘rgazmasi ochildi

“Meros” deb nomlangan ko‘rgazma Turkiyaning Bishkekdagi elchixonasi va Qirg‘iziston-Turkiya “Manas” universiteti bilan hamkorligida tashkil etildi.

1899152
Bishkekda Saljuqiylar va Usmoniylar davri kiyimlari ko‘rgazmasi ochildi

 

Bishkekdagi Milliy tarix muzeyida Turkiyadan olib kelingan Saljuqiylar va Usmoniylar davri liboslari namoyish etilgan ko‘rgazma ochildi.

“Meros” deb nomlangan ko‘rgazma Turkiyaning Bishkekdagi elchixonasi va Qirg‘iziston-Turkiya “Manas” universiteti bilan hamkorligida tashkil etildi. 

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Turkiyaning Bishkekdagi elchisining rafiqasi Mariya Do‘g‘an va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi. Ko‘rgazma mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Mariya Do‘g‘anning aytishicha, ko‘rgazmadan maqsad qardosh qirg‘iz xalqini Anadoluning an’anaviy liboslari, ishlab chiqarish va dizayn texnologiyalari bilan tanishtirishdan iborat. 

Bishkeklik dizayner Nazira Begim Turkiya elchixonasiga ko‘rgazmaga taklif etilgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 

– Moda olami vakili sifatida ko‘rgazmada namoyish etilgan tarixiy ayollar liboslarini sinchiklab o‘rganib chiqdim va aksariyat qirg‘iz va turk milliy liboslari bir-biriga juda o‘xshashligiga e’tibor qaratdim, – deydi Begim. 

Boshqa bir dizayner Irina Unsalan Saljuqiylar va Usmoniylar davrini aks ettiruvchi liboslar juda qiziqarli, yorqin va chiroyli ekanligini aytdi. 

“Ushbu kiyimda turkiy dunyo madaniyati va an’analari o‘z aksini topgan. Kiyimlardagi kashtado‘zlik shunchaki ajoyib. E’tiborimni kashta tikish texnikasiga qaratdi. Usmonli madaniyatiga qiziqqan har bir kishi, albatta, ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurishi kerak”, deb hisoblaydi dizayner.


Tanlangan kalimalar: #Bishkek , #Saljuqiy , #Usmoniy

Aloqador xabarlar