Istanbulda Xalqaro arab kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etiladi

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida Noshirlar va matbaachilar professional uyushmasi, shuningdek, arab tilidagi kitoblar nashriyotchilari xalqaro uyushmasi ishtirokida uyushtirilayotgan tadbirning bosh homiysi Istanbul Savdo-sanoat palatasi...

1885561
Istanbulda Xalqaro arab kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etiladi

 

Joriy yilning 1-9 oktyabr kunlari Istanbulda yettinchi Xalqaro arab kitoblari ko‘rgazmasi o'tkaziladi.

“Chegara bilmas dunyo” shiori ostida ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadigan tadbirning global axborot hamkori “Anadolu” axborot agentligi.

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida Noshirlar va matbaachilar professional uyushmasi, shuningdek, arab tilidagi kitoblar nashriyotchilari xalqaro uyushmasi ishtirokida uyushtirilayotgan anjumanning bosh homiysi Istanbul Savdo-sanoat palatasi hisoblanadi.

Bu yil 29 davlatdan 250 ga yaqin nashriyot ishtirok etishi kutilayotgan ko‘rgazmada 100 dan ortiq anjuman, muhokama, munozara davralari, mualliflar uchrashuvlari, she’riyat kechalari, konsertlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy mahorat saboqlari tashkil etiladi.

Namoyish koordinatori, fan nomzodi Muhammad Ag‘irakcha ushbu tadbir Turkiyadagi arab hamjamiyatiga yaqinlikni ko‘rsatishga qaratilganini aytdi:

- Madaniyat uchun sarhad yo‘qligiga ishonamiz. Qadriyatlar orqali biz chegaralarni kesib o‘tamiz. Bolgariya, Shimoliy Makedoniya, Qozog‘iston, O‘zbekistondan talabalar, noshirlar kelib, bir maydonda to‘planadi, bir-biri bilan arab tilida muloqot qiladi.

Bu yilgi ustuvor jihatlardan biri - til burchagida tajribali o‘qituvchilar turk va arab tilida ochiq dars olib boradi.

Jami 150 ming kishi kelishi kutilayotgan yettinchi Istanbul Xalqaro arab kitoblari ko‘rgazmasi Turkiyadagi arab jamiyatiga, xoh sayyoh, xoh muhojir bo‘lsin, ulgurji va chakana savdoda arab tilidagi kitoblarni taqdim etadi.



Aloqador xabarlar