O'zbekistonda "Turkiya kinosi kunlari" bo‘lib o‘tdi

O'zbekiston poytaxti Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Turkiya kinosi kunlari” ning ochilishi va kino ijodkorlar bilan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

1883855
O'zbekistonda "Turkiya kinosi kunlari" bo‘lib o‘tdi

 

O'zbekiston poytaxti Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Turkiya kinosi kunlari” ning ochilishi va kino ijodkorlar bilan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda kino sohasi ijodkorlari, san’at muxlislari, xorijlik mehmonlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs. Abduxoliqov O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik nafaqat ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda, balki san’at va madaniyat hamda kino sohasida ham rivojlanib borayotgani ta’kidladi. 

– XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tadigan turk kinosi kunlarining ochilish marosimida uchrashganimizdan juda xursandmiz, dedi F.Abduxoliqov. – Turk kino yulduzlari, taniqli rejissyorlar va aktyorlarning tashrifi xalqimizni quvontiradi. Ma’lumki, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik tobora rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning Samarqanddagi SHHT sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlaydi. Ayni paytda o‘zbek va turk kinoijodkorlarining hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. So‘nggi ikki yilda biz Toshkent va Istanbulda turk ishlab chiqaruvchilari, rejissyorlari va ekspertlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik va hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishdik. 

Sahnaga turk kinoyulduzlari Mustafo Ug‘ur Yag‘chiog‘lu, Pinar Yazchiog‘lu, Nazif Tunch, Murad Aydin, Azra Akin, Gizem Lidiya Denizchi, Sevdar Goo‘kxan, Chelal Al, Tuba Unsul, Nurgul Yeshilchay, Burak O‘zchivit taklif etildi. Tadbir davomida tomoshabinlar va turk kinosi vakillari o‘rtasida erkin muloqot tashkil etildi. 

Tadbirda turkiyalik ijodkorlar bilan buyuk o‘zbek olimlari hayoti va faoliyati to‘g‘risida hujjatli filmlar suratga olinishi rejalashtirilgani ta’kidlandi. Tadbirda namoyish etilgan konsert dasturi barcha manzur bo‘ldi. 
 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya kinosi kunlari , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar