Margʻilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali boʻlib oʻtadi

Ushbu festivalda Margʻilonga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda.

1878161
Margʻilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali boʻlib oʻtadi

 

Joriy yil 20-22-oktyabr kunlari O'zbekistonning Margʻilon shahrida “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali boʻlib oʻtadi.

Fargʻona viloyati hokimligi, YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Margʻilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan ushbu festival Margʻilon ipakchiligining dovrugʻini dunyoga tanitishda, hunar va sanʼatga mehri baland insonlarning oʻzaro fikr va tajriba almashishida muhim oʻrin tutishi bilan ahamiyatlidir.

23-24-sentyabr kunlari YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi boshchiligidagi taniqli mutaxassislar va ekspertlardan iborat delegatsiya Fargʻona viloyatiga keladi.

Tashrif davomida festivalni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuv oʻtkazish rejalashtirilgan.

Ushbu festivalda Margʻilonga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Atlas bayrami , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar