Turkiyada 9300 yillik tarixiy turar joy topildi

Istanbul universiteti o‘qituvchisi Semra Baljining “Anadolu” agentligiga ma’lum qilishicha, qabriston Kapadokiyada, obsidian koniga yaqin joylashgan.

1872859
Turkiyada 9300 yillik tarixiy turar joy topildi

 

Turkiyaning markaziy qismida joylashgan, Mersin va Adana qirg‘oq bo‘yi bilan chegaradosh Nig‘de viloyati Qayirli kishlog‘i yaqinida tarixiy turar joy aniqlandi. Sirchalitepa qo‘rg‘onida olib borilgan qazishma chog‘ida topilgan obsidian va suyak qurollari Anadoluning shu qismida, taxminan, 9300 yil avval o‘troq hayot kechirilganidan dalolat.

Arxeologik guruh rahbari, Istanbul universiteti o‘qituvchisi Semra Baljining “Anadolu” agentligiga ma’lum qilishicha, qabriston Kapadokiyada, obsidian koniga yaqin joylashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yil o‘tkazilgan birinchi tadqiqot davomida obsidianni qayta ishlash jarayoniga oid izlar, shuningdek, suyak va sayqallangan tosh qurollar arxeologlar e’tiborini tortgan.

– Joriy yil qazishma yakunlanib, tadqiqot yangi ma’lumotlar bilan boyidi, – deydi guruh rahbari. – Kundalik hayotda ishlatiladigan bir necha suyak va obsidian asboblari, bezak uchun ishlatilgan munchoq va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari topildi. Ayniqsa, o‘yma naqshli suyak buyum bizni hayratga soldi. Zero, topilma bezaklar ehtiyotkorlik bilan qayta ishlangani ko‘rinib turibdi. Chetidagi yoriq tufayli buyumning aniq ko‘rinishini tasavvur qilolmadik. Yaqin yillarda shunga o‘xshash jism topilsa, umumiy tasavvurni shakllantirish osonroq bo‘lar.

Qayd etilishicha, arxeologlar Sirchalitepa qabrida olib borilgan izlanish chog‘ida retushlangan oval o‘q uchining juda chiroyli namunasini ham uchratgan.

– Ikki namunada radiokarbon sanasi bor edi, – qo‘shimcha qiladi Balji. – Demak, topilma 9600-9300 yil oldin yaratilgan. Aytish joiz, bu joy Novxere provinsiyasidagi eng qadimiy aholi punkti.

 

 

 



Aloqador xabarlar