O‘zbekistonda Amir Temur haqida animatsion film tayyorlanmoqda

Ijodiy guruh Amir Temurga bag‘ishlangan animatsion filmni yaratish ustida mehnat qilmoqda.

1868436
O‘zbekistonda Amir Temur haqida animatsion film tayyorlanmoqda

 

O‘zbekistonda o‘zbek xalqining atoqli ajdodi, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur haqida animatsion film yaratishga tayyorgarlik boshlandi.

“O‘zbekkino” tomonidan maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi birinchi va ikkinchi Renessans davridagi ajdodlar haqida 30 ta animatsion film yaratishni ko‘zda tutuvchi yirik “Renessans” loyihasi ustida ish olib bormoqda.

Ayni paytda ijodiy guruh Amir Temurga bag‘ishlangan animatsion filmni yaratish ustida mehnat qilmoqda.

Odil Mahamadov ushbu loyiha rejissyor, shuningdek, uning ustida animatorlar Zebo Saidazimova, Sanobar Erkinova, Firdavs No‘monov, Mohira Mirzayeva faol ish olib borishmoqda.

Ssenariy muallifi To‘lqin Hayit, Doniyor Abduvositov esa loyiha prodyusseri hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Amir Temur

Aloqador xabarlar