YUNESKOda o‘zbek xalqiga xos anʼanalar taqdim etildi

25 may kuni Parijdagi YUNESKO qarorgohida 21 may - Xalqaro choy kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

1833613
YUNESKOda o‘zbek xalqiga xos anʼanalar taqdim etildi

 

25 may kuni Parijdagi YUNESKO qarorgohida 21 may - Xalqaro choy kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Xitoy, Koreya Respublikasi, Vyetnam, Bangladesh, Hindiston, Kolumbiya, Indoneziya, Shri-Lanka, Nepal, Braziliya, Tanzaniya va Keniyaning doimiy vakolatxonalari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida ishtirokchi mamlakatlar xalqlarining madaniyati va anʼanalarini o‘zida mujassam etgan milliy stendlar, jumladan, moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari ko‘rgazmalari tashkil etildi.  Ko‘rgazmada turli xalqlarning azaldan avloddan avlodga o‘tib kelgan choy ichish anʼanalari va marosimlari taqdim etildi.

O‘zbekiston vakillari Toshkentda qadoqlangan choy navlari, Marg‘ilon adrasidan tayyorlangan aksessuarlar to‘plami va sopol idishlar, xususan, rang-barang piyolalarni namoyish etdilar. Ishtirokchilar respublikaning turli hududlarida choy ichish tarixi va anʼanalari, madaniy va boshqa xususiyatlari bilan batafsil tanishtirildi.

O'zbekistonning boy sayyohlik va gastronomik salohiyati alohida taqdim etildi.


Tanlangan kalimalar: #YUNESKO , #choy , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar