Türkiyeda Muhammad Yusuf saylanmasi chop etildi

Türkiyening Anqara shahrida “Muhammed Yusuf secmeler” nomli turkcha tarjima saylanma kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati va shoirning yaqin qarindoshlari ishtirok etdi.

1807944
Türkiyeda Muhammad Yusuf saylanmasi chop etildi

 

Türkiyedagi she’riyat ixlosmandlari o‘zbekning suyukli shoiri Muhammad Yusufni alohida hurmat qiladi. She’rlarini sevib o‘qiydi.

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nargiza Asadovaning O‘zA muxbiriga ma’lum qilishicha, Türkiyeda shoirning yana bir kitobi chop etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati va shoirning yaqin qarindoshlari ishtirokida Türkiyening Anqara shahrida “Muhammed Yusuf secmeler” nomli turkcha tarjima saylanma kitobi taqdimoti o‘tkazildi. 

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibiyati tomonidan chop etilgan ushbu kitob taqdimotida O‘zbekistonning Türkiyedagi elchisi Alisher A’zamxo‘jayev, TURKSOY Bosh kotibi Dushen Kaseinov, shoirning rafiqasi shoira Nazira As-Salom va boshqalar shoirning hayot yo‘li, ijodi haqida iliq fikrlar bildirdi. Shoirning turk she’riyat ixlosmandlari orasidagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tildi. 

Saylanmaga kiritilgan she’rlar dotsent Rejayi Kiziltunch, Xamza O‘zturkchi, Emina Bakar, Xusayn Okbash hamda professor Ma’rufjon Yo‘ldoshevlar tomonidan mahorat bilan turk tiliga o‘girilgan. 



Aloqador xabarlar