Ozarbayjonda Bobur tavallud kuniga bag‘ishlangan kitob nashr etildi

Ozarbayjondagi yetakchi nashrlardan biri - “Adabiyat gazeti” gazetasining elektron portalida “Zahiriddin Muhammad Bobur va Ozarbayjon” nomli kitob chop etildi” sarlavhali maqola chop etildi.

1778402

Maqolada Ozarbayjonda davlat arbobi, ensiklopedik olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag‘ishlab kitob nashrdan chiqqani haqida so‘z yuritilgan.

Risolaga O‘zbekiston elchixonasi va Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti tomonidan tashkil etilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur va Ozarbayjon” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman doirasida Ozarbayjon va O‘zbekistonning taniqli olimlari, tadqiqotchilari va ziyolilari taqdim qilgan maqolalar kiritilgan.

Kitobdan Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti direktori, akademik Iso Habibbeyli, O‘zbekiston elchisi Bahrom Ashrafxonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Nodir Xolbo‘tayev, Muhammad Fuzuliy nomidagi Qo‘lyozmalar instituti direktori o‘rinbosari, filologiya fanlari doktorlari Almaz Ulvi, Poshsho Karimov va Yashar Gasimbeyli, boshqa olim va tadqiqotchilarning ma’ruzalari o‘rin olgan.

Aloqador xabarlar