Istanbul va Bursada Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi

Turkiyaning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlari Turkistonliklar madaniy va ijtimoiy hamkorlik jamiyati rahbari Akbar Yassa bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1732764
Istanbul va Bursada Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi

 

Turkiyaning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlari Turkistonliklar madaniy va ijtimoiy hamkorlik jamiyati rahbari Akbar Yassa bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbatda Akbar Yassa O‘zbekiston Prezidenti saylovi ko‘tarinki ruhda va aholining siyosiy faolligi bilan o‘tgani, unda amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning oliy lavozimga qayta saylangani bilan samimiy tabriklab, O’zbekistonga tinchlik, faravonlik va taraqqiyot tiladi.

Suhbatdosh xorijdagi vatandoshlar O‘zbekistonda so‘nggi yillarda hayotga tadbiq etilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi islohotlar va ijobiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘layotganidan mamnun ekanini bildirdi.

Akbar Yassa Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan aloqani mustahkamlash borasida olib borilayotgan saʼy-harakatlar, xususan, 2021 yil 11 avgust kuni “Vatandoshlar” jamoat fondining tashkil etilgani Turkiyada yashayotgan o‘zbeklarni juda ham quvontirganini izhor qildi.

Muloqot chog‘ida Turkistonliklar madaniy va ijtimoiy hamkorlik jamiyati tomonidan “Anqaradan Toshkentga ko‘ngil ko‘prigi – Mir Alisher Navoiy va uning asarlari” mavzusida Turkiya poytaxtida o‘tkazilgan xalqaro simpoziumga to‘xtalib, bu kabi tadbirlarni Istanbul va Bursa shaharlarida ham tashkillashtirish borasida fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya shaharlari o‘rtasida qardoshlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

Joriy yil 24-28 noyabr kunlari O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va Samarqand davlat universitetlari bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash maqsadida Turkiyada chop etilgan Alisher Navoiy asarlari va ularga chizilgan miniatyuralar ko‘rgazmalarini namoyish etish, shu mavzuda xalqaro simpozium o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda milliy va maʼnaviy qadriyatlar, madaniy anʼanalar hamda urf-odatlarni keng targ‘ib etish, Turkiyada yashayotgan yurtdoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish, o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyatini targ‘ib qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan kelishib olindi.


Tanlangan kalimalar: #Alisher Navoiy , #Bursa , #Istanbul

Aloqador xabarlar