O‘zbekistonlik kinoijodkorlar Turkiyadagi kinofestivalda ishtirok etadi

Shu yilning 8-11 noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida “Korkut Ata turk dunyasi” kinofestivali bo‘lib o‘tadi.

1729331
O‘zbekistonlik kinoijodkorlar Turkiyadagi kinofestivalda ishtirok etadi

 

Kinofestivalda O‘zbekistondan Saida Rametova, Gavhar Zokirova, Tohir Saidov, Rayhon Ulasenova, Dilnoza Kubayeva, Nigina Anarboyeva, Sitora Farmonova va boshqa ijodkorlar ishtirok etadi. Festival dasturiga ko‘ra o‘zbekistonlik kinoijodkorlar bilan "O‘zbek kino kunlari" ijodiy kechasi tashkil etiladi.

Shuningdek, Turkiya kinoteatrlarida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Xalq jasorati" (rej. Ali Hamroyev), "Ilhaq" (rej. Jahongir Ahmedov), "Tutqunlik" (rej. Rashid Malikov) kabi filmlarning premerasi o‘tkaziladi.

Bundan tashqari kinofestival doirasida O‘zbekiston va Turkiya kinematograflarining hamkorligini ta’minlash yuzasidan videomuloqot, badiiy va hujjatli filmlar hamda teleseriallar ishlab chiqarish bo‘yicha memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #festival , #Turkiya

Aloqador xabarlar