Istanbuldagi "Shahidlar ko‘prigi" O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi

Kecha, 1-sentyabr kuni Istanbuldagi "Fotih Sulton Mehmet" hamda "Shahidlar ko‘prigi" O‘zbekiston bayrog‘ining yashil, ko‘k, qizil va oq ranglariga bezaldi.

1701503
Istanbuldagi "Shahidlar ko‘prigi" O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi

 

Turkiyaning Istanbul shahridagi ikki yirik ko‘prik O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi. 

Kecha, 1-sentyabr kuni Istanbuldagi "Fotih Sulton Mehmet" hamda "Shahidlar ko‘prigi" O‘zbekiston bayrog‘ining yashil, ko‘k, qizil va oq ranglariga bezaldi. 

Mazkur vizual shou soat 20:00 dan ertalabga qadar davom etdi. 

Shuningdek, AQSH va Kanadaning asosiy diqqatga sazovor joyi, dunyoga mashhur Niagara sharsharasi va Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur ham O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi sharafiga mamlakat bayrog‘i ranglarida yoritildi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Istanbul

Aloqador xabarlar