Kiyevda Qrim madaniyatiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Tadbirda tarixshunos Gulnar Abdullayeva Qrim tatarlari va Qrim xonligining etnogenezi haqida ma’lumot berdi.

1683792
Kiyevda Qrim madaniyatiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

 

Ukraina poytaxti Kiyevda "Qrim xonligining shonli asri" nomli madaniy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir doirasida Kiyev aholisi Qrim tatarlarining o'rta asr madaniyati bilan tanishtirildi.

Ishtirokchilarga dastlab qrim-tatar milliy taomlari va ichimliklari tortiq etildi. Keyin tarixshunos Gulnar Abdullayeva Qrim tatarlari va Qrim xonligining etnogenezi haqida ma’lumot berdi.

Tadbir qo'shiq va raqslar bilan davom etdi.

Shuningdek, tadbir doirasida taniqli dizaynerlar Elmira Kataki va Lenie Ibragimovaning milliy liboslar ko'rgazmasi tashkil etildi.


Tanlangan kalimalar: #Kiyev , #Qrim , #Ukraina

Aloqador xabarlar