Turkiy dunyo meʼmorlari ittifoqi 2021-2022 yillarni Mirzo Ulug‘bek yili deb eʼlon qildi

Turkiy dunyo meʼmorlari va muhandislari ittifoqi tomonidan 2021-2022 yillar Mirzo Ulug‘bek yili deb eʼlon qilindi. Anqaradagi Gazi universitetida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbir chog‘ida bu haqda eʼlon qilindi.

1668088
Turkiy dunyo meʼmorlari ittifoqi 2021-2022 yillarni Mirzo Ulug‘bek yili deb eʼlon qildi

 

Turkiy dunyo meʼmorlari va muhandislari ittifoqi tomonidan 2021-2022 yillar Mirzo Ulug‘bek yili deb eʼlon qilindi.

Anqaradagi Gazi universitetida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbir chog‘ida bu haqda eʼlon qilindi.

Davlat arbobi va buyuk mutafakkirning dunyo ilm-fani va jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi 2021-2022 yillarni Mirzo Ulug‘bek yili deb eʼlon qilishga munosib topildi.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek-turk munosabatlarini yana-da mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlariga yuqori baho berildi, o‘zaro aloqalar, ayniqsa, qurilish va meʼmorchilik sohasidagi munosabatlarning tobora kengayib borayotgani olqishlandi.

Turkiy dunyo meʼmorlari va muhandislari ittifoqi O‘zbekistonda keng ko‘lamli infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishida, shuningdek, meʼmorchilik va qurilish sohalarida zamonaviy taʼlim jarayonlarining yo‘lga qo‘yilishida ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Tadbir qatnashchilari shaharsozlik, meʼmorchilik va qurilish muhandisligi sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashish uchun 2022 yili Mirzo Ulug‘bekning ona shahri Samarqandda Turkiy dunyo meʼmorlari va muhandislari ittifoqi boshqaruvining aʼzolari ishtirokida forum o‘tkazish masalasini muhokama etishga kelishib oldi.



Aloqador xabarlar