Anqarada “Turkiy dunyo xalq qo‘shiqlari” konsert dasturi tashkil etildi

Badiiy tadbirda turkiy dunyo sanʼatkorlari qatorida professor Feruza Abdurahimova rahbarligidagi “So‘g‘diyona” o‘zbek xalq cholg‘ulari davlat kamer orkestri ham onlayn shaklda ishtirok etdi.

1664754
Anqarada “Turkiy dunyo xalq qo‘shiqlari” konsert dasturi tashkil etildi

 

O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan turkum tadbirlar doirasida O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan kecha, 24 iyun kuni Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti - TURKSOY bilan hamkorlikda “Turkiy dunyo xalq qo‘shiqlari” konsert dasturi tashkil etildi.

Badiiy tadbirda turkiy dunyo sanʼatkorlari qatorida professor Feruza Abdurahimova rahbarligidagi “So‘g‘diyona” o‘zbek xalq cholg‘ulari davlat kamer orkestri ham onlayn shaklda ishtirok etdi. O‘zbek sanʼat ustalari tomonidan ijro etgan kuy va qo‘shiqlar, shu jumladan, turk bastakori Saʼdi Ishilayning ”Sultaniyegah Sirto” asari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

- O‘zbekiston o‘z sanʼati va madaniyati bilan turkiy dunyoda o‘ziga xos o‘rin tutadi. “So‘g‘diyona” orkestri ijrosidagi dastur buni yana bir bor yorqin namoyon etdi, - dedi TURKSOY tashkiloti bosh kotibi Dyusen Kaseinov, - Bunday tadbirlar qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi hamjihatlik va hamkorlikni yana-da kuchaytirishga turtki bo‘ladi, deb ishonaman. Fursatdan foydalanib, barcha turkiy respublikalar nomidan O‘zbekistonni davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Tadbir doirasida, shuningdek, “Turkiy dunyo” fotoko‘rgazmasi tashkil etildi.

Fotoko‘rgazmada O’zbekistonning qadimiy Samarqand, Buxoro, Xiva va Qo‘qon shaharlariga oid va o‘zbek xalqining urf-odatlari, yangi O‘zbekistondagi bunyodkorlik ishlari aks etgan fotosuratlar ishtirokchilar eʼtiboriga taqdim etildi.


Tanlangan kalimalar: #TURKSOY , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar