23-aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami muborak bo'lsin!

Turkiya ovozi radiosining ijodiy jamoasi sifatida, butun dunyo bolalarini 23-aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz!  Bayramingiz muborak bo’lsin aziz bolajonlar!

1626790
23-aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami muborak bo'lsin!

 

Bugun, 23-aprel Turkiya tarixida katta ahamiyatga molik bo’lgan sharafli kunlardan biridir. 1920 yilning 23-aprel kuni Turkiya Oliy majlisi tashkil topgan. Ushbu kun keyinchalik milliy mustaqillik va bolalar bayrami sifatida nishonlana boshladi.

Bugun hokimiyat yakka shaxsdan ya’ni, podshodan olinib xalqqa berilgan kun. Qisqacha qilib aytganda, 23 aprel - turk xalqining mustaqillik tushunchasi o’zgargan kun. “Mustaqillik shak-shubhasiz millatnikidir” tushunchasining Respublika tarixiga singdirilgan kundir.

23-aprelning yana bir xususiyati shundaki, ushbu kunning kelajagimiz bo’lgan bolalarga armug’on etilganligidir. 23-aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayramini 1920 yildan beri nishonlab kelayotgan turk bolalar ushbu kunni 1979-yildan e’tiboran, dunyo bolalari bilan birgalikda nishonlamoqda.

Bu kun Turkiyada rasmiy dam olish kuni sifatida e’lon qilingan. Har yili 23-aprel kuni butun mamlakat bo’ylab katta bayram tadbirlari, festivallar o’tkaziladi. Biroq, bu yil ushbu bayram koronavirus pandemiyasi keng tarqalgan davrga to'g'ri keldi. Shu sababli bu yilgi bayram oila davrasida nishonlanadi.

Biz ham Turkiya ovozi radiosining ijodiy jamoasi sifatida, butun dunyo bolalarini 23-aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz!  Bayramingiz muborak bo’lsin aziz bolajonlar!



Aloqador xabarlar