Turkiyadagi bitiruvchilar uchun “Yangi avlod media-trening dasturi” tashkil etildi

Anadolu axborot agentligi bilan Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi hamkorligida xorijlik bitiruvchilar uchun “Yangi avlod media-trening dasturi”ni tashkil etdi.

1602215
Turkiyadagi bitiruvchilar uchun “Yangi avlod media-trening dasturi” tashkil etildi

 

Anadolu axborot agentligi va Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlarboshqarmasi hamkorligida  xorijlik bitiruvchilarga mo’ljallangan maxsus o'quv dasturini tashkil qildi.

Ushbu dastur ommaviy axborot vositalari, aloqa, matbuot, jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat ko’rsatishni maqsad qilgan bitiruvchilarga bag’ishlangan.

Anadolu axborot agentligi direktori Alptekin Jihangir Ishbilirning ta’kidlashicha, bunday tadbir birinchi marta o'tkazilmoqda.

“Bu Turkiyadagi xorijlik bitiruvchilar uchun birinchi trening. Media akademiyaning birinchi treningi 5 kun davom etadi. Bu asosan jurnalistika bo'limi bitiruvchilari va ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko’rsatmoqchi bo’lgan bitiruvchilarga mo'ljallangan. Keyinchalik malaka oshirish dasturlarini amalga oshiramiz”, - dedi u.

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasining Turkiyadagi bitiruvchilardan mas’ul koordinatori Muhammad Musa Budakning ta’kidlashicha, ushbu tadbir yoshlarning kasbiy bilimlarni oshirish va tajriba oshirishiga qaratilgan.

Uning ma’lumot berishicha, shu kungacha 150 mingdan ortiq  xorijlik talaba Turkiyadagi nufuzli universitetlarni muvaffaqiyatli bitirishgan.

Ma’lumki, Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi Turkiyadagi universitetlarning xorijlik bitiruvchilari uchun bir qator trening-dasturlarni muntazam tashkil etib kelmoqda. “Yangi avlod media-trening dasturi” ham shular jumlasidandir.

Trening dasturi 15-19 mart kunlari onlayn tarzda o'tkaziladi. Trening davomida ishtirokchilar "jurnalistika kun tartibi va manbalari", "yangiliklarni yozish texnikasi", "intervyu olish metodlari", "nizolarni tahlil qilish", "xalqaro jurnalistika", "zamonaviy va ijtimoiy tarmoqlar" haqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Seminar turk tilida bo'lib o'tadi.  Ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.



Aloqador xabarlar