“Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari O’zbekistonga tashrif buyurdi

O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida  “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O’zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, prodyuser Mehmet Bo’zdag’, aktyor Emre Kiviljim va boshqalar ishtirok etdi.

1597767
“Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari O’zbekistonga tashrif buyurdi
Türk-Özbek dizi Mendirman Jaloliddin-2.jpg
Türk-Özbek dizi Mendirman Jaloliddin-4.jpg
Türk-Özbek dizi Mendirman Jaloliddin-3.jpg
Türk-Özbek dizi Mendirman Jaloliddin-5.jpg

 

O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida  “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O’zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, prodyuser Mehmet Bo’zdag’, aktyor Emre Kiviljim, Sezgin Erdemir, Yulduz Rajabova va boshqa aktyor va ijodkorlar qatnashdi.

Mazkur uchrashuv Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan.

Xorazmshohlar sulolasining so‘nggi vakili – Jaloliddin Manguberdi hayotini hikoya qiluvchi serial so‘nggi paytlarda “Ertug‘rul” seriali bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo’lgan “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda. “Mendirman Jaloliddin” kinoserialining prodyuseri Mehmet Bo‘zdag‘ning ta’kidlashicha, O‘zbekiston tarixiga doir kinoasar suratga olayotgani tasodif emas.

“Men Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva kabi qadim shaharlarga bolalikdan mehr qo’yganman. Atoqli o’zbek adibi Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi”, “Ko’hna dunyo” kabi tarixiy romanlarini ko’p o’qiganman. Aynan O.Yoqubovning  asarlari prodyuserlik kasbini tanlashimga turtki bergan desam ham bo’ladi. Shu bois Ozodbek Nazarbekovning Jaloliddin Manguberdi haqida serial olish taklifini katta hursandchilik bilan qabul qildim. Bu bizning mushtarak tariximiz, mushtarak qahramonlarimiz haqidagi filmdir”, – dedi Mehmet Bo‘zdag‘.

Mehmet Bo’zdag’ endigina suratga olish jarayoni boshlanishi oldidan  koronavirus pandemiyasi boshlanganligini va natijada ijodiy jarayon bir necha oyga ortga surilganligini aytdi. Iyul oyida esa serialni suratga olish jarayoni boshlangan.

G‘oya muallifi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ushbu loyihaning yoshlarga  mushatrak tariximiz, qahramon ajdodlarimiz haqida hikoya qilibgina qolmasdan, bugungi kunda ham ushbu ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarga ijobiy ta’sir qilishini aytgan.

“Serialda ham kamchiliklar bo‘lishi mumkin va ular kelgusida bartaraf etiladi. Ammo eng muhimi – “Mendirman Jaloliddin” seriali orqali biz tariximizni jahonga tanitish yo‘lida qadam tashladik” , – deydi O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Mazkur serialda Jaloliddin Manguberdi obrazini yaratgan Emre Kiviljim ushbu rol unga katta mas’uliyat yuklash bilan birga sharaf berganligini ta’kidladi.

“Qahramon ajdodlarimizdan bo‘lmish Jaloliddin Xorazmshoh obrazini yaratish uchun qo’limdan kelganicha harakat qildim. Menga o’zbek aktyorlari bilan ishlash ham katta zavq bag‘ishladi. Xalqlarimizning mushtarak madaniyat, til va tarixi o‘zaro til topishishimizda qo‘l keldi. Mamlakatlarimiz o’rtasida o‘zaro tajriba almashish har ikki tomonning manfaatlariga xizmat qiladi”, – deydi bosh rol ijrochisi Emre Kiviljim.

Qayd etilishicha, loyihani boshlash uchun qariyb bir yil tayyorgarlik ko‘rilgan. Tarixiy davr manzarasini tomoshabinga eng muvofiq ravishda yetkazib berish uchun o‘nlab tarixiy manbalar sinchikovlik bilan o‘rganib chiqilgan.

Serialda  O‘zbekistonning XIII asrdagi muhitini jonlantirish uchun Turkiyada o’tiz gektar maydonda barpo etilgan “Bo‘zdag‘ film” platosida juda ko’p kishining mehnati singgan. “Mendirman Jaloliddin” serialining birinchi fasli 13 qismdan iborat.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar